Breaking News

AQSh kompaniyalari zararsiz atom energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatini o'rganmoqda


Xavfsiz yadro energiyasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00

Termoyadroviy reaksiya chiqindilarsiz energiya ishlab chiqarish salohiyati bilan o'nlab yillar davomida ko’plab olimlarni o’ziga jalb qilib kelgan. Vashington shtatidagi bir startap nihoyat shu texnologiya asosida quvvat ishlab chiqarishni boshlash niyatida.

Yadro energiyasi bugungi kunda atomlarni bo'lish texnologiyasiga asoslangan. Ammo bu bo'linish zararli radioaktiv chiqindilarni ham paydo qiladi. Atomlarni bo’lish o’rniga, birlashtirish orqali olinadigan energiyada esa bunday zararli moddalar yo’q. Quyoshdagi energiya ham xuddi shu asosda hosil bo’ladi.

Ben Levit AQShning “Zap Energy” kompaniyasida termoyadroviy tadqiqotlarga rahbarlik qiladi.

“Atomlarni birlashtirish haqiqatan ham insoniyat taraqqiyotida navbatdagi qadamdir. Bu usulda olinadigan yoqilg'i mo'l va xavfsiz bo’lib, bizni yerdagi cheklangan energiya manbalari muammosidan ozod qilishi mumkin”, - deydi u.

Bugungi kunda termoyadroviy quvvat hali tijoriy darajaga chiqmagan, chunki atomlarni parchalashdan ko'ra birlashtirish qiyinroq. Buning uchun haddan tashqari energiya va issiqlik kerak bo’ladi. Levitning tushuntirishicha, “Zap Energy” manfiy zaryadlangan elektronlar yoki musbat zaryadlangan ionlarsiz yuqori bosimni atomlarga o’tkaza olgan.

"Siz uni chaqmoq deb tasavvur qilishingiz mumkin. U magnit maydonini yaratadi va bu magnit maydoni termoyadroviy muhitni paydo qiladi", - deydi olim.

Zap bu muvaffaqiyat ortidan AQSh Energetika vazirligi bergan sakkizta grantdan birini qo'lga kiritdi. Ushbu mablag'larning bir qismi termoyadroviy texnologiyalarni sinovdan o'tkazish uchun tajriba zavodini qurishga sarflanadi, deydi vazirlikning yetakchi termoyadroviy koordinatori Skott Su.

“Biz termoyadroviy energiyaga bo’lgan xususiy sektor qiziqishidan unumli foydalanish yo'llarini qidiryapmiz. Bu haqiqatan ham biz burilish nuqtasida ekanligimizni anglatadi. Agar texnologiyaga, muhandislik ehtiyojlariga va materiallarga yetarli e'tibor qaratsak, men buni tezlashtirish mumkin deb o'ylayman. Bu hozir vaqtdan ko'ra ko'proq iroda va sarmoya masalasi", - deydi Su.

O'nlab yillar davomida bu texnologiya haqidagi istiqbolli nazariyalar biror amaliy texnologiyani yaratib bera olmadi. Zap ham, AQSh Energetika vazirligi ham iste'molchilar qachon uylarini yangi atom energiyasi bilan quvvatlantirishi mumkinligini bilmaydi.

Ammo o'sha kun kelganda, shuncha vaqt va kuch sarflaganingizga rozi bo’lasiz, deydi vazirlikning Energiya dasturi direktori Ahmed Diallo.

“Biz termoyadroviy energiyaga ega bo'lgan kunimiz energiya haqida ortiq qayg’urmaydigan bo’lamiz. Odamlar buni shunday tushunishlarini istardim. Sizda tuganmas energiya bo’ladi. Keyin boshqa muammolarni hal qilishga o’tamiz. Sabr-toqat asosiy narsa va men odamlar bu qanchalik muhimligini tushunishlarini xohlayman”, - deydi u.

Termoyadroviy sanoat assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko’ra, hozirda termoyadroviy startaplar uchun xususiy sektorda olti milliard dollardan ortiq mablag‘ bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG