Breaking News

Bayden BMTda nimalarga urg’u beradi?


Jo Baydenning 2022-yil sentabrida BMTdagi chiqishi
Jo Baydenning 2022-yil sentabrida BMTdagi chiqishi

AQSh Prezidenti Jo Bayden BMT Bosh Assambleyasining sessiyasida ma’ruza qilish uchun Nyu-York shahriga bordi. Yaqinda Hindistondagi “Katta Yigirmalik” sammitida rivojlanayotgan davlatlarni Rossiya-Ukraina urushi masalasida Ukraina tarafiga og’dirishga harakat qilgan Bayden BMT tadbirida ham Rossiyani Ukrainada urush olib borayotgani uchun qoralashdan bosh tortayotgan mamlakatlarni fikridan qaytarishga yana urinib ko’radi.

Xalqaro hayot - 18-sentabr, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:52 0:00

"Bu urush Ukrainani davlat sifatida, ukrainaliklarni xalq sifatida yo’q qilishga qaratilgan”, - degan edi Bayden Bosh Assambleyada bir yil oldingi chiqishida.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Nyu-Yorkda bo’lishi kutilmoqda. Bayden u bilan payshanba kuni Oq uyda ko’rishadi.

Ukraina urushidan tashqari AQSh rahbari rivojlanayotgan mamlakatlarni qiynayotgan qator masalalar - iqlim o’zgarishi, qashshoqlik, qochqinlar taqdiri, inflyatsiya va tashqi qarzni kamaytirishga ham urg’u berishi kerak, deydi kuzatuvchilar.

“Bu masalalar bir-biriga bog’liqdir. Chunki Rossiyaning Ukrainadagi vahshiy urushi oziq-ovqat va energetika xavfsizligiga tahdid soldi, dunyodagi mamlakatlarga turli shaklda zarar yetkazdi. Urushni adolatli shartlar bilan, suverenitet va hududiy daxlsizlik tamoyillari asosida tugatish nafaqat Ukraina xalqi, balki dunyodagi boshqa odamlar manfaatlariga ham xizmat qiladi”, - deydi Oq uy milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sallivan.

Bayden Markaziy Osiyo respublikalari, jumladan O’zbekiston rahbarlari bilan ham uchrashishi kutilmoqda. Yil boshida ular Xitoy prezidenti bilan ko’rishishgan edi.

“Xitoy bilan bu mamlakatlarga ta’sir qilish uchun raqobatda emasmiz. Shunchaki mavjud aloqalarni kuchaytiryapmiz”, - dedi bu haqda AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild.

Bosh Assambleyaning yillik sessiyasi doirasida Bayden Braziliya va Isroil rahbarlari bilan ham gaplashmoqchi.

Qo’shma Shtatlar Benyamin Netanyaxu hukumatining ayrim siyosati, jumladan sud tizimini isloh qilish rejasidan norozi. Bayden shu masalani ham ko’tarishi mumkin.

Uning BMTdagi ma’ruzasi seshanba kunga belgilangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG