Breaking News

AQSh ish vizasi bo'yicha yangi imkoniyat


Ayrim muhojirlar endi yangi viza olish uchun vataniga borishiga hojat bo''lmaydi
Ayrim muhojirlar endi yangi viza olish uchun vataniga borishiga hojat bo''lmaydi

AQSh Davlat departamenti yangi bir dasturni yo'lga qo'ymoqda. Unga ko'ra, ish vizasini yangilash uchun endi vatanga borish shart bo'lmaydi. Hozircha eksperiment.

H-1B vizasi asosida ayni damda Amerikada 85 mingdan ziyod odam ish ruxsatiga ega. Bu viza kamida uch yilga beriladi.

Yangi dastur aynan shu viza egalari uchun ko'zlanmoqda. Bu bilan Amerika hukumati bizneslarning muntazam yuzlashadigan muammolarini bartaraf qilmoqchi.

Chet ellik ishchilar ona yurtiga yangi viza uchun borib kelishi kompaniyalarga qimmat tushadi, moliyaviy va vaqt jihatdan, deydi mutasaddilar.

Davlat departamenti avval tajriba o'tkazib ko'radi, dastur shunga qarab yo kengayishi yoki bekor qilinishi mumkin.

O'zbekiston: Kim AQShga viza olayapti?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:56 0:00

Loyiha AQSh konsulliklari faoliyatini ham osonlashtirishi mumkin. Vizaga murojaat, zarur suhbat va hujjatlar, ular bilan bog'liq uzun navbatlar azaldan ham talabgorlar, ham viza beradigan tizim uchun mashaqqatlar tug'dirib keladi.

2004-yilgacha ko'plab immigrantlar uchun ish vizasini Amerikaning o'zida cho'zdirish imkoniyati berilar edi. Biroq 20 yilcha oldin bu dastur bekor qilingan.

Davlat departamenti eksperimental dasturni joriy yil oxirida boshlashi kutilmoqda. Dastlab, u oz sonli talabgorlar uchun ochiladi.

Loyiha Oq uy tomonidan ma'qullanishi bilan ommaga e'lon qilinadi. Jamoatchilik fikri o'rganilib, o'rinli o'zgarishlar kiritiladi, deydi rasmiylar.

2004-yilda oldingi dastur to'xtatilganida bunga sabab deya terrorizmga qarshi choralar ko'rsatilgan. Biometrik ma'lumotlarni vaqtida olish va tekshirish jarayoni u davrda qiyin kechgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG