Impichment jarayoni, jonli efir
AQSh Vakillar palatasida ko'pchilik o'rinni egallagan respublikachilar demokrat Prezident Jo Baydenni impich qilish kerak, deya bong urmoqda. Tergov boshlashni qonunchilar o'tgan haftada ma'qullashgan. Oq uy va demokratlarga ko'ra, Baydenni tekshirish uchun isbot-dalil yo'q. Ular nazarida respublikachilar saylov oldidan shunday siyosiy mashmasha bilan chiqib, poygani va butun jarayonni izdan chiqarmoqchi. Impichment, AQSh qonunlariga ko'ra, prezidentni katta jinoyatlarda ayblab, sudlash va lozim topilsa, ishdan olish demakdir. Mahkama Senatda o'tadi. Baydenning ko'ngli to'q. Odatda bu boradagi savollarga javob bermaydigan prezident respublikachi qonunchilarni buzg'unchilikda ayblamoqda.