4-mart kuni AQSh birinchi xonimi Jill Bayden va davlat kotibi Entoni Blinken Oq uyda "Matonatli ayol" xalqaro mukofotini o’z egalariga topshirdi.
“Bu ayollar Bangladeshda ishchilar, Afg’onistonda nogironlarni himoya qilmoqda. Ugandada korrupsiyani fosh qilib, Yaponiyada jinsiy zo’ravonlikka qarshi kurashmoqda. Bosniya va Gersegovinada bolalar himoyasi, Belarusda demokratiya uchun kurashmoqda”, - dedi Blinken.
Adolat yo’lida kurashayotgan ayollar ovozi bo’g’ilmasligi kerak, deydi AQSh birinchi xonimi.
“Sizning matonatingiz boshqalar jasoratini ham uyg’otadi. Shuurimizda yangaryotgan kelajak qo’shig’i bizni adolat va ozodlik himoyachisiga aylantiradi”, - dedi Jill Bayden.
Sovrindorlar orasida eronlik Farida Baluj ham bor. Baluj “Amerika Ovozi” yaratgan hujjatli film qahramoni. U hayotini xavf ostiga qo’yib, Eronning Siston va Balujiston viloyatidagi kamsonli balujlarning poymol etilayotgan huquqlari uchun kurashmoqda.
Gambiyalik sovrindor ayol jinsiy azolarini kesish va bichishga qarshi kurashi haqida so’zlaydi.
“Ayollar jinsiz a’zolarini kesishga qarshi kurash BMT Taraqqiyot dasturida inobatga olingan. 2024-yil 4,4 million ayolning jinsiy a’zolariga zarar yetkazilishi mumkin”, - deydi Fatu Balde.
Vashingtonda 11 ayol shaxsan taqdirlandi. Biroq Kuba hukumati dissident Marta Kabelloning mukofotni olish uchun AQShga borishiga yo’l qo’ymadi.
Oq uy vakili Emmi Ruis Nikaraguada siyosiy mahkumlar safida o’tgan yil ozod etilgan to’qqiz nafar ayolni sirtdan olqishladi.
“Ular korrupsiya, repressiya, diskriminatsiya va ta’qiblarga qarshi to’xtovsiz kurashmoqda”, - dedi Ruis.
Mehmon ayollar AQShda oliy darajadagi tadbirlarda nutq so’zlaydi, jamoatchilik faollari bilan uchrashadi. Los-Anjelesda maslakdosh ayollar o’rtasida hamkorlik o’rnatiladi.