Breaking News

Tez yordam va qutqaruv ishlariga dronlar jalb qilinadi


Qutqaruv ishlariga yordam berayotgan dronlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:03 0:00

Sietldagi startap ishlab chiqarayotgan dronlar xavfli muhitda birinchi yordam ko'rsatuvchilarga "ko'z va quloq" vazifasini bajarmoqda.

Ushbu dron xavfli sharoitlarda bino oynasini sindirib, ichkariga kirish, atrof-muhitning 3D xaritasini yaratish hamda tabiiy ofatdan omon qolganlar yoki garovga olish holatida hujumchilar bilan ikki tomonlama aloqa o'rnatish imkoniyatini beradi.

Agar u yerga teskari tomoni bilan qulab tushsa, toshbaqadek o’zini o’nglab olib, yana uchishi mumkin.

Sietldagi startap bu dronlarni birinchi yordam ko'rsatuvchilar uchun taqdim etmoqchi. Kompaniyaning “Lemur 2” rusumli dronini AQShdagi bir nechta huquqni muhofaza qilish idoralari allaqachon ishlatmoqda.

"Uzoq muddatda biz politsiya vertolyotini yo’qotib, barcha 911 qo'ng'iroqlariga soniyalar ichida javob berish uchun dronlardan foydalanish g'oyasini olg’a suryapmiz. “Narcan”, “EpiPens”larni yetkazib berish uchun dronlardan foydalanishimiz mumkin. O't o'chiruvchilarga hatto voqea joyiga yetib borgunga qadar strukturaning, yong'inning jonli termal tasvirini yaratish mumkin. Politsiya kelishidan oldin gumondorning qo’lida miltiqmi yoki zajigalkami, aniqlasa bo’ladi”, - deydi “Brinc Drones” kompaniyasi rahbari Bleyk Resnik.

Dronlarni yaratish, prototiplash va ishlab chiqarish Sietldagi bitta binoda amalga oshiriladi. Kompaniya boshqa mamlakatlardan arzon butlovchi qismlarni sotib olish imkoniyatiga ega emas.

“Dron komponentlarini yetkazib berishning butun global zanjiri haqiqatan ham bitta joyda, ya’ni Xitoyning Shenjen shahrida. Biz Xitoy, Rossiya, Eron va AQSh taqiqi qo’yilgan boshqa mamlakatlardan hech qanday ehtiyot qismlar sotib ololmaymiz. Biz barcha mahsulotlar uchun ichki ta'minot zanjirini yaratishga majbur bo'ldik”, - deydi Resnik.

Kompaniya dronlari dastlab yopiq zonalar uchun mo’ljallangan edi. Lekin ular Ukrainada razvedka va qutqaruv missiyalarida hamda 2023-yilgi Turkiya zilzilasi oqibatlarini bartaraf etishda foydalanilgandan so‘ng ularni tashqi muhitlarda ishlatish imkoniyatlari ham oshirildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG