Breaking News

Trampga qarshi sud tinglovida jurnalistika tilga olindi


Tramp va jurnalistika
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00

Sobiq prezident Donald Trampning Nyu-Yorkdagi sudida sariq matbuot noshiri o'sha paytda prezidentlikka nomzod bo’lgan Trampga salbiy xabarlarni “bosti-bosti” qilishda yordam bergani haqida guvohlik berdi. Bunday amaliyot chek daftari jurnalistikasi deb ataladi.

Jurnalistlar Nyu-York sud binosi oldida yig'ilidi. U yerda hakamlar hay’ati sobiq prezident Donald Trampning 34 ta jinoyat ishi bo'yicha berilgan ko’rsatmalarni tinglamoqda. Sobiq prezident 2016-yilgi saylov natijalariga ta'sir ko'rsatish maqsadida o’zi haqidagi salbiy xabarlarni to’xtatish uchun qilgan noqonuniy to'lovlarini yashirganlikda ayblanmoqda.

So‘zga chiqqanlar orasida “National Enquirer” nashrining sobiq rahbari Devid Peker ham bor. U 2016-yilgi saylovlarda Trampning “ko‘zi va qulog‘i” bo‘lishga va’da bergan.

U Tramp haqida ijobiy voqealarni nashr etish, uning raqiblarini qoralash hamda salbiy xabarlarga eksklyuziv huquqlarni sotib olib, keyin ularni chop etmaslik kabi ishlar bilan shug’ullangan.

Saylov-2024: Bayden yo Tramp?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:05 0:00

Xabarlarni sotib olish amaliyoti chek daftari jurnalistikasi deb nomlanadi. Bu nima degani?

Chek jurnalistikasi yoki Afrikada jigarrang konvert jurnalistikasi deb ataladigan amaliyot eksklyuziv intervyular uchun manbalarga pul to'lash yoki biron bir mavzuni haq evaziga ijobiy yoritish kabi faoliyat turlarini oz ichiga oladi.

"Buning noto'g'ri jihatlaridan biri shundaki, pul olish yoki haqiqatni yashirish umidida ishonchsiz manbalar ko’payadi. Ular soxta ma’lumot to’qishi ham mumkin”, - deydi tahlilchi Rik Edmonds.

AQSh va Buyuk Britaniyada bu amaliyot sariq matbuot orasida keng tarqalgan. Boshqa mamlakatlarda bu pora yoki axborotga ta'sir o'tkazishga urinish shaklida yuz beradi.

Professional jurnalistlar jamiyati o’z aʼzolarini pul taklif qiladigan manbalardan ehtiyot boʻlishga chaqiradi. “Amerika Ovozi” nizomida esa, bu amaliyot “jurnalist etikasini buzish” deb ko’rsatilgan.

“Biz odamlarning yangilik manbalaridan ko’ngli sovushini istamaymiz. Ishonchli axborot tashkiloti manbalar yoki xabarlar uchun pul to‘lamasligi kerak, chunki bu ular xabar qilayotgan narsaning to‘g‘riligiga ta’sir qilishi mumkin”, - deydi ekspert Kristina Veyga.

Jurnalistika uchun to'lov etika masalasi hisoblanadi. Xalqaro Jurnalistlar federatsiyasi kabi uyushmalar buning oldini olish uchun jurnalistlarga ko’proq maosh berishni tavsiya qiladi.

Xolislikni va o’quvchilar ishonchini yo'qotish yana bir xavotir manbai.

"Jurnalistikaning maqsadi adolatli, to'g'ri va foydali ma'lumotlarni yaratishdir. Manbalarga pul to'lashni boshlashingiz bilan, bu izdan chiqadi", - deydi Veyga.

Trampning jinoiy ishlariga oid tinglovlar davom etar ekan, sobiq prezident o’ziga qo'yilgan 34 ta ayblovning barchasini inkor etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG