Jo Bayden va Donald Tramp o’z partiyalaridan prezidentlikka nomzod bo’lish uchun yetarlicha delegat to’pladi. 12-mart kuni o’tgan partiyaviy saylovlarda har biri bir necha shtatda g’alaba qozondi.
Bu degani, Bayden va Tramp noyabrda bir-biriga qarshi kurashadi. Ularning nomzodi yozda o’tadigan partiyaviy qurultoylarda rasman tasdiqlanadi.
81 yoshli Bayden saylovchilarga uning nomzodini qo’llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning ta’kidlashicha, mamlakatga eng jiddiy tahdid Trampdir, shuningdek, abort huquqini cheklayotganlar va ijtimoiy dasturlarni kesayotganlar.
77 yoshli Tramp, agar Oq uyga saylansa, chegarani yopishga, deportatsiyalarni kuchaytirishga, neft qazishni va import mahsulotlarga tariflarni oshirishga, Ukrainadagui urushga yakun yasashga va’da bermoqda.
Ammo Tramp 91 ta ayblovni o’z ichiga olgan to’rtta jinoiy ish bilan yuzlashmoqda. Sudlardan biri 25-mart kuni boshlanadi.
Facebook Forum