Breaking News

Saylov: Osiyolik amerikaliklar uchun qanday mavzular qiziq?


Amerikada osiyolik saylovchilar soni oshmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:06 0:00

Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, osiyolik amerikaliklar AQShda eng tez o'sayotgan saylovchilar guruhidir. Shu bois prezidentlikka nomzodlar Jo Bayden va Donald Tramp ularga alohida diqqat qaratmoqda.

“Pyu” tadqiqot markazi ma'lumotiga ko'ra, hozir AQShda asli osiyolik saylovchilar soni Bayden va Tramp to'rt yil avval to'qnashgan paytga qaraganda ikki milliontaga oshgan.

Bu o'sish ularni saylovda, ayniqsa, nomzodlar imkoniyati teng ko’riladigan Arizona, Jorjiya va Nevada kabi shtatlarda muhim kuchga aylantirdi, deydi huquq faoli Kristin Chen.

“Saylov kampaniyalari kichik farq bo’yicha ustunlikni qo’lga kiritish uchuv qo’shimcha ovozlarni qidirayotgan paytda osiyolik amerikalik guruhiga e’tibor qaratishlari kerak bo’ladi. 2020-yilda saylovchilarimizning 21 foizdan ortig‘i birinchi marta ovoz berdi”, - deydi u.

Osiyolik amerikalik saylovchilar prezidentdan nimani kutadi? “Amerika Ovozi” ulardan shu savolni so’radi.

"Men uchun prezidentning yaxshi fikrlashi, to'g'ri qaror qabul qilishi va ishlarni atrofidagilarga tashlab qo’ymasligi muhim", - deydi saylovchilardan biri.

"Men uchun yoshning ahamiyati yo'q. Ular ishini qila olsa, barcha fuqarolarga yaxshi ish va imkoniyat topishga yordam bersa va bizni urushdan himoya qilsa kifoya. Menimcha, hamma uchun asosiysi shu", - deydi yana bir fuqaro.

"Men hokimiyatda ko'proq yoshlarni ko'rishni istardim, chunki ularda vaqt bor, ayniqsa, ko'proq kuchga ega. Keksalarda ham bor, lekin yangi avlodning vaqti keldi", - deydi Sofiya ismli amerikalik.

“Bugun prezidentlik chiptasida yangi avlod vakillari bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman”, - deydi yana bir saylovchi.

“AP” so'roviga ko'ra, osiyoliklar, Tinch okeani orollari va mahalliy Gavayidagi saylovchilarni, asosan, iqtisodiy va tashqi siyosat bilan bog'liq muammolar qiziqtiradi. 30 foizi inflyatsiya va immigratsiyani eng muhim masala deb hisoblagan.

"Menimcha, immigratsiya muhimroq, chunki osiyoliklar jamoasidan Kambodjaga deportatsiya qilinganlar ko’p, shuning uchun men immigratsiya haqida ko'proq ma'lumot olishni istayman. Bu masalada odamlarga qanday yordam bera olamiz?" – deydi asli osiyolik saylovchi.

“Sog‘liqni saqlash, immigratsiya men uchun juda muhim. Ovoz berish huquqi va saylovlarga hech kim aralashmasligi ham” - deydi Xavier.

"Men uchun uchta masala muhim - immigratsiya, iqtisodiyot hamda Ukraina va Isroildagi urushlar. Yaqin Sharqda mojaro kuchayishi mumkin", - deydi boshqa saylovchi.

Ikki yil avval Pensilvaniya shtatida o'tkazilgan oraliq saylovlarda osiyolik amerikalik saylovchilar muhim rol o’ynagan. Noyabr oyida bo'ladigan prezidentlik saylovida esa ular har ikki nomzodning taqdirini bir yoqli qiladigan kuchga aylanishi kutilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG