Breaking News

Rossiyada amerikalik jurnalist ustidan sud yopiq o'tadi


AQShning "Wall Street Journal" gazetasi muxbiri Evan Gershkovich o'tgan yildan beri Rossiyada panjara ortida
AQShning "Wall Street Journal" gazetasi muxbiri Evan Gershkovich o'tgan yildan beri Rossiyada panjara ortida

Rossiya josuslikda ayblayotgan amerikalik jurnalist Evan Gershkovich taqdiri bu oy Yekaterinburgda yopiq sudda hal qilinadi.

32 yoshli Gershkovich 2023-yilning 29-martida Yekaterinburgda restoranda hibsga olingan. Aybdor deb topilsa, 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Gershkovich josus emasligini aytib keladi. Rossiya hukumatini uni Markaziy Rezvedka Agentligining odami deb gumon qiladi.

Federal xavfsizlik xizmatiga ko'ra, Gershkovich "Uralvagonzavod" haqida maxfiy ma'lumotlar to'playotgan bo'lgan. Bu zavod Rossiyaning yirik harbiy ishlab chiqaruvchisi, xususan jangovar tanklar ta'minotchisi.

Sverdlovsk regional sudi hujjatlarida amerikalik jurnalist "Uralvagonzavod" sanoati va ta'miriy ishlari yuzasidan yashirin axborot olishga uringan, deyiladi.

Sud 26-iyunda boshlanadi.

Gershkovichning hibsga olinishi xalqaro mediani xavotirga solib, hozirda Rossiyada xorijiy muxbirlar deyarli qolmagan. Mamlakatda ishlash Somali, Suriya va Afg'onistondagi singari o'ta tahdidli sanaladi.

Kremlga ko'ra, Gershkovichga nisbatan ayblovlar asosli.

Prezident Vladimir Putin uni Amerika bilan rossiyalik mahbusga almashish niyatida ekanini bildirgan. Bu borada boshqa detal yo'q.

Oq uy nazarida ayblovlar soxta. Prezident Jo Bayden fikricha Gershkovichni qamash mutlaq noqonuniydir.

Nyu-Yorkda Evan Gershkovichning ozod etilishini talab qiluvchi bannerlar, 29-mart, 2024.
Nyu-Yorkda Evan Gershkovichning ozod etilishini talab qiluvchi bannerlar, 29-mart, 2024.

"Wall Street Journal" gazetasi Gershkovichni porfessional jurnalist deb himoya qilmoqda. Muxbir darhol qo'yib yuborilishi kerak, deya undab kelmoqda.

"Uralvagonzavod" Nijniy Tagil shahrida joylashgan. U esa Ural regionining yuragidir.

Bu hududda azaldan maxfiy qurollar ishlab chiqarilgan va sinovdan o'tkazilgan. Faoliyatni "Rostec" nazorat qiladi. "Rostec" - Rossiyaning yirik mudofaa korporatsiyasi. Putinning yaqin maslakdoshi Sergey Chemezov uni boshqaradi.

Gershkovich - rus muhojirlar farzandi, rus tilini yaxshi biladi. Nyu-Jersi shtatida katta bo'lgan. 2017-yilda Moskvaga ko'chib, "Moscow Times" va boshqa xalqaro axborot vositalariga ishlagan. Muxbir aybsiz ekanini aytib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG