Breaking News

AQSh, Hindiston texnologik hamkorlikni oshirmoqda


AQSh rahbari Jo Baydenning Milliy xavfsizlik masalalari bo'yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi, Dehli, 17-iyun, 2024
AQSh rahbari Jo Baydenning Milliy xavfsizlik masalalari bo'yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi, Dehli, 17-iyun, 2024

Hindistonda Narendra Modi bosh vazir sifatida uchinchi muddatini boshlar ekan, AQSh u bilan hamkorlikni oshirishga tayyor ekanini bildirmoqda.

Prezident Jo Baydenning Milliy xavfsizlik masalalari bo'yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bu hafta Dehliga borib, Modi bilan muloqot qildi.

Sallivan Hindistonning boshqa rasmiylari bilan ham uchrashgan.

“Hindiston AQSh bilan global masalalarda birga ishlashga, strategik sheriklikka hozir", - deya ta'kidlagan Modi.

Sallivan Dehlida asosan yuqori texnologiya sohasidagi qo'shma loyihalar xususida gaplashgan, xususan mudofaa, mobil, sun'iy intellekt va boshqa ilg'or yo'nalishlar muhokama qilingan.

Mutaxassislar nazarida AQSh va Hindiston bu qadamlar bilan Xitoyga nisbatan chora ko'rmoqda, ya'ni Pekin bilan bu sohalarda raqobatda.

“Sallivannning Dehliga kelishi Amerikaning aynan shu jihatdan harakatda ekanini angltadi”, - deydi Manoj Joshi, hind tahlilchi.

Ikki davlat harbiy texnologiya ishlab chiqarishda birga ishlashga kelishgan, qolaversa Janubiy Amerika va Afrikada qo'shma loyihalar olib borish ilinjida.

Modi chetdan qurol-aslaha olishni kamaytirishga so'z bergan, ammo Hindiston hamon bu borada asosan Rossiyaga qaram.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi yangi muddatini boshladi, Dehli, 10-iyun, 2024
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi yangi muddatini boshladi, Dehli, 10-iyun, 2024

Hind rasmiylariga ko'ra, davlat harbiy jihatdan mustaqilligini kuchaytirishga bel bog'lagan.

“Ilg'or texnologiyada yetakchilik qilishni xohlayotgan mamlakatimiz Amerika bilan hamfikr va sherik bo'lsa, ayni muddao”, deydi Joshi.

“Ishlab chiqarish, yaratish, innovatsiya qilish va sarmoya masalalarida hamkorlik juda zarur".

Subramanyan Jayshankar Hindiston Tashqi ishlari vazifasida qolmoqda. U ham Sallivan bilan uchrashuvda strategik sheriklikka urg'u bergan.

Oq uyga ko'ra, Hindiston AQShning Osiyo-Tinch okeani hududidagi eng yaqin hamkorlaridan biri bo'lib qoladi.

Hindiston Xitoy bilan chegara kelishmovchiliklarini hal qilishga urinar ekan, Vashington Dehlini quvvatlab keladi. Ziddiyatlar Himolay to'glari bilan bog'liq.

Bu orada AQShda Nikil Gupta ismli hindistonlik jinoyatda ayblanib, sudda. Gupta, deydi prokurorlar, Amerikada sinkx siyosiy faol Gurpatvant Sinkx Pannunni o'ldirish uchun odam yollashga uringan va bu ishlar ortida Hindiston maxfiy xizmati bo'lishi mumkin. Dehli buni inkor etadi. Pannun bir paytda AQSh va Kanada fuqarosi. Hindiston taraf uni separatist deb biladi.

Dehli bu masala yuzasidan tekshiruv olib borayotganini qayd etadi. Ekspertlar fikricha, bu chigallik aloqalarga jiddiy ta'sir qilmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG