Breaking News

Ukrainalik plastik jarrohlar Amerikada amaliyot o'tamoqda


Ukrainalik jarrohlar uchun AQShda stajirovka
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:54 0:00

Uchinchi yildirki urushni boshdan kechirayotgan Ukrainada nafaqat qurol va askarlarga, balki shifokorlarga ham ehtiyoj katta. “Razom” nomli notijorat tashkiloti Ukrainaga amerikalik jarrohlarni jo’natyapti, shuningdek, ukrainalik jarrohlarni AQShga malaka oshirish uchun yuboryapti.

Harbiy jarroh Vitaliy Panchenko Lvovdagi harbiy gospitalda ishlaydi. Shu kunlarda u Nyu-Yorkdagi Ixtisoslashgan Estetik Jarrohlik klinikasida amaliyot o’tamoqda.

“Bugun yuzni rekonstruksiya qilish operatsiyasini o’tkazdik. Bemorning o'ng oyog’idan nervini olib, yuziga ko’chirdik”, - deydi u.

Panchenkoning aytishicha, urush tufayli bunday operatsiyalarga muhtoj bemorlar ko’paydi.

"2022-yildan beri murakkab rekonstruktiv operatsiyalarga muhtoj bo'lgan og'ir ahvoldagi ko'plab bemorlar kelyapti".

Panchenko bilan birga hamkasbi Nikolay Sinyuk ham Nyu-Yorkda amaliyot o‘tamoqda. Undan oldin Oklaxoma universitetida bo'lishdi, malaka oshirish uchun.

“Oklaxomada bosh va bo'yin onkologiyasi bo'yicha operatsiya qildik. 12 soatgacha davom etadigan uzoq operatsiyalar”, - deydi Sinyuk.

Loyihani “Razom” Ukraina-Amerika notijorat tashkiloti tashkillashtirdi. Amaliyot birinchi bor Oklaxoma universitetida 2023-yilda yo’lga qo’yilgan.

“Birinchi bo‘lib shifokorlarimizga vaqtinchalik litsenziya bergan aynan ular bo’ldi. Jarrohlarimiz operatsiya xonalariga kirib, yordam berish imkoniyatiga ega bo’ldi. O‘tgan yili yettita stajirovkani moliyalashtirdik, bu yil ham yettita shifokor keldi”, - deydi tashkilot vakili Yuliya Shama.

Tashkilot amerikalik jarrohlarni ham Ukrainaga yuboryapti, murakkab operatsiyalarni amalga oshirish uchun.

"Biz allaqachon Ukrainaga muntazam borishga tayyor bo’lgan bir nechta guruhlar bilan ishlayapmiz, bular bir martalik tashriflar emas", - deydi Shama.

Bryus Moskovitz - Ukrainaga borib kelgan jarrohlardan biri. U Panchenko va uning jamoasi bilan birgalikda bir bemorning burnini tikladi.

“Portlashdan jarohat olgan bemor bor edi, burnidan ayrilgan. Burun suyagini ushlab turadigan ikkala ko'z bo'shlig'i ham singan edi. Yuzning o'rta qismini rekonstruksiya qildim. Juda murakkab, ko'p bosqichli operatsiya ", - deydi u.

Shu bilan birga, Moskovitz Ukraina klinikalari uchun mablag' to'playdi. Uning aytishicha, allaqachon 400 ming dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘gan.

“To'plagan mablag'imizning bir qismi asbob-uskunalar - mikroskoplar, jarrohlik mikroskoplari sotib olish uchun. Ular qimmat turadi – 75-100 ming dollar”, - deydi u.

Panchenko va Sinyuk AQShda tajribasi ancha oshganini aytadi. Vatanga qaytganda, urush jabrdiydalariga yordam berish uchun yangi ko’niklamalarini ishga solishadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG