Breaking News

AQShda suiqasdga urinish qanday yoritilmoqda?


Evan Vuchchi Pensilvaniya shtatida olgan surat, 13-iyul, 2024.
Evan Vuchchi Pensilvaniya shtatida olgan surat, 13-iyul, 2024.

Sobiq prezident Donald Trampga qarshi uyushtirilgan suiqasd faktlari qizg’in bahsga aylangan bir paytda ekspertlar dezinformatsiyaga eltayotgan holatlar, etika va professional meyorlarga doir xatolarni tahlil qilmoqda.

Qayerga qarama - Tramp yaralangan surat.

Fotojurnalist Evan Vuchchi saylovchilar bilan uchrashuvda Donald Trampga o’q uzilgan onlarni suratga muhrladi – foto tarixiy hujjatga aylandi.

Xalqaro hayot - 18-iyul, 2024 - G'azo, Yevropa, AQSh
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:53 0:00

“Men ko’rgan yuzlab saylovoldi uchrashuvlariday o’tayotgan edi. Chap yelkam uzra o’q uchib o’tgach, suiqasd ekanini angladim”, - deydi u.

Vuchchi Pensilvaniya shtatida uchrashuvni yoritgan o’nlab fotojurnalistning biri. Qurolli hujumda bir kishi jon berdi, Tramp va ikki tarafdori yaralandi.

Surat axborot olamining eng shov-shuvli materialiga aylandi.

Etika bo’yicha ekspertlar qutblashgan zamonda jurnalistlar qurolli hujumni qay tarzda yoritayotganini o’rganmoqda.

“Media aniq faktlar bilan jarayonni haqqoniy yoritishi kerak. Ko’pirtirish shart emas. Sarlavhalar hissiyotdan xoli bo’lishi lozim”, - deydi media etikasi bo'yicha ekspert Subramaniam Vinsent.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, jarayon talqini siyosiy muvozanatni o’zgartiradi.

“Surat qayerda olingani, qanday ma’noga egaligi Amerika siyosati, qurol va zo’ravonlik talqinida muhim etik ahamiyatga ega”, - deydi Vinsent.

Vuchining aytishicha, uning oliy vazifasi ko’z o’ngida yuz bergan hodisani hujjatlashtirish.

“Amerika tarixida hujjatlashtirilishi kerak bo’lgan voqea yuz berayotganini anglab turardim, junalistning ishi bu”, - deydi u.

Suiqasdga urinish ortidan ijtimoiy tarmoqlarda Tramp nomi tillardan, matnlardan tushmay qoldi. Voqeani unga simpatiya bilan yoritganlar, dezinformatsiya, nayrang o’yini haqida ham gaplar bo’ldi.

Siyosiy partiyalar o’rtasida kurash avjida ekan, xolis faktlar o’ta muhim. Ommaviy axborot vositalari chinni yolg’ondan ajratishda muhim rol o’ynaydi.

“Hiyla va nayranglarga oid da’volarga asosli dalillar yo’q, biroq bu keskin qutblashgan va emotsional sharoitda suiqasdga urinish ortidan kuzatilayotgan real holat”, - deydi jurnalist Devid Klepper.

Respublikachilar qurultoyida esa Trampning mashhur surati kiyim-kechaklarga ham ko’chgani ko’zga tashlandi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG