Gruziya Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni belgilovchi muhim saylovlar arafasida turibdi. Yil oxirida kutilayotgan bu saylov G’arbda Gruziyadagi siyosiy vaziyatdan xavotirlar oshayotgan bir manzarada o’tadi.
Gori shahri Gruziyaning mudhish tarixiga nazar tashlashga undaydi. Bu shahar sovet diktatori, 30 million atrofidagi qurbonlar uchun javobgar sanalgan Iosif Stalinning vatani. Muzey 1957-yilda, Stalining o’limidan 4 yil o’tib bunyod qilingan.
Muzeyning katta qismi ibodatxonaga o’xshaydi. Diktatorning o`limidan keyingi maskasi koshonani eslatuvchi sokin bo`lmaga joylashtirilgan.
Narvon ostidagi kichikroq xona 2010- yilda qurilgan, unda diktatorning jinoyatlari, xususan GULAG lagerlari, ocharchilik, millionlab odamlar, jumladan gruzinlarning ham o’ldirilishi haqida hikoya qilinadi.
Bunga qaramasdan, 2012-yilda o`tkazilgan so`rovlar 45 foiz gruzinlar Stalin shaxsini yoqlashini ko`rsatgan.
Stalin o`limidan 71 yil o`tib ham Rossiya sobiq ittifoq davlatlari ustidan hukmronlikni qo’ldan bermoqchi emas. Goridan bir necha kilometr shimolda Rossiya ishg’oli ostidagi hududlar chegaralangan. Rossiya 1990-yillardagi fuqarolik urushi, 2008-yildagi bosqini ortidan Gruziyaning 20 foiz hududini ishg’ol ostida ushlab turibdi.
“Muhimi ishg’ol ostidagi hududlardagi chegaradan o’tmaslik, Agar o’tib qolsangi, u yoqda sizni hibsga olishadi”, - deydi mahalliy fermer Gela Bolatashvilli.
Sharqda, Kavkaz tog’lari tomonda Gruziya kelajagi boshqacha ko’riladi. Kaxetiya vino vatani sifatida tanilgan. Bu yerda uni 8 ming yildan buyon tayyorlab kelishadi.
Nekresidagi vino tayyorlash xo`jaligi yiliga 50 ming butilka mahsulot chiqaradi, AQSh, Fransiya, Janubiy Koreyaga eksport qilinadi. Yaqin kelajakda ishlab chiqarishni 5 barobarga oshirish rejalanmoqda.
“Biz o’z mahsulotlarimiz bilan xorij, ayniqsa Yevropa bozorlariga chiqishni mo’ljallayapmiz. Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishi biznesimiz rivojlanishi uchun yaxshi imkoniyat, muhim bosqich bo`lar edi”, deydi vino tayyorlash xo’jaligi boshqaruvchisi Nara Silagadze.
Yevropa Ittifoqi o`zining “Global darvozalar” strategiyasi doirasida Gruziya, xususan Nekrasi iqtisodiga davlat va xususiy biznes hisobidan 2 millard dollar miqdorida mablag´ kiritdi.
“Biz qurayotgan mehmonxona energiya tejovchi obyekt, YI biz bilan hamkorlikka, rivojlanishimizga hissa qo’shishga qaror qildi”, - deydi Silagadze.
Gruziya hukumati 2030-yilga borib Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishga da’vogar. Ammo Ittifoq fuqarolik jamiyatiga nisbatan boshlangan bosimlar Gruziyani Rossiyaga yaqinlashtirib, a’zolik imkoniyatini yo’qqa chiqarishi mumkinligidan xavotir bildirgan.
Gruzinlar o’z madaniyati, merosi bilan faxrlanadi. Ammo buning bahsli tomonlari ham ko’p, kelajak qanday bo`lishi esa hozir belgilash kerak.