Breaking News

Ukraina AQSh yordamida atom stansiyalari quvvatini oshirmoqda


Ayni paytda Ukraina AQSh texnologiyasi asosida to'qqizta yangi AP1000 yadro reaktorlarini hamkorlikda qurish rejasida.
Ayni paytda Ukraina AQSh texnologiyasi asosida to'qqizta yangi AP1000 yadro reaktorlarini hamkorlikda qurish rejasida.

Prezident Volodimir Zelenskiy Rossiya hujumlari Ukraina elektr ishlab chiqarish quvvatining 50 foizini yoʻq qilganini aytdi. Ukraina vaziyatni o’nglash uchun AQShning energetik giganti “Westinghouse” kompaniyasiga yangi avlod yadroviy reaktorlari qurishda yordam so'rab murojaat qildi.

2022-yilgacha, Rossiya bosqiniga qadar, Ukraina energetikasining qariyb yarmi atom stansiyalariga hisobiga to’g’ri kelar, ammo Kiyev xizmat ko’rsatish, yadro yoqilgʻisi boʻyicha Moskvaga qaram edi.

Urush savdo-iqtisodiy aloqalarni ham keskinlashtirdi. Ukraina Prezidenti Zelenskiyning aytishicha, mart oyi oxiridan beri Rossiya hujumlari mamlakat elektr ishlab chiqarish quvvatini qariyb yarmini yo‘q qilgan.

"Ukraina energiya resurslari bilan bog'liq vaziyat Zaporojya atom stansiyasi ishg'ol qilinishi, infratuzilmaning deyarli uchdan bir qismi egallanishi, energiya ishlab chiqarish quvvatini katta qismi yo'q qilinishi bilan keskin o'zgardi", deydi Ukraina Muqobil energetika assotsiatsiyasi kengashi rahbari Stanislav Ignatev.

Ukraina yadroviy tiklanishda ham AQShga tayanmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:47 0:00

Ukraina vaziyatdan chiqish uchun mamlakat g‘arbidagi Xmelnitskiy atom elektr stansiyasida, AQShning energetik giganti “Westinghouse” ko‘magida ikkita yangi atom reaktor bloki qurishni rejalashtirmoqda.

"Xmelnitskiy AES uchastkasi bu qurilishga tayyor, yordamchi tizimlar, hududlarni rejalashtirish, logistika bilan bog'liq ko'plab muammolar hal qilib bo`lindi" , deydi Xmelnitskiy AES rahbari Andriy Kozyura

“Westinghouse” Ukrainada bir necha o'n yillar davomida ishlaydi, ammo Rossiya bosqini ortidan hamkorlik yanada faollashdi, Ukraina kompaniyalarini xorij bozoriga chiqish imkoniyatlari kengaydi.

Ukraina Energetika vaziri German Galushchenkoga ko`ra, ayni paytda tomonlar hamkorlikda yadro yoqilg’isi ishlab chiqarishmoqda:

"Urushgacha ham biz yoqilg'i ta'minotini diversifikatsiyalashga harakat qilgan edik. Hozirda hamkorlikda VVER 440 reaktorlari uchun yoqilg'i ishlab chiqaryapmiz, bu borada “Rosatom” monopoliyasiga chek qo’yishga erishdik”.

Ayni paytda Ukraina AQSh texnologiyasi asosida to'qqizta yangi AP1000 yadro reaktorlarini hamkorlikda qurish rejasida.

"Eng ilg’or, eng zamonaviy, qo'shimcha xavfsizlik xususiyatlariga ega bo`lgan eng xavfsiz texnologiya asosida", deydi Ukrainani “Energoatom” kompaniyasi rahbari Petro Kotin.

Bitta reaktorning qurilishi taxminan besh yil davom etadi, o’rtacha besh milliard dollarga tushadi.

“Energetik blok qurish uzoq jarayon. Ammo yashil energetika, gazda ishlovchi stantsiyalar, quyosh, shamol asosidagi muqobil energiyalar qisqa muddatda amalga oshirilishi mumkin, bu qishdan o'tishga yordam beradi, atom energiyasi esa bu hali kelajak. Bizda esa hozir yechilishi zarur bo’lgan muammolar juda ko’p", deydi Xmelnitskiy energiya klasteri vakili Stepan Kushnir.

“Kiyev Independent”ga ko‘ra, Xmelnitskiy stansiyasi Yevropadagi eng yirik atom stansiyasi maqomida bo`lgan Zaporojya atom stansiyasi o’rnini egallashi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG