Breaking News

Chernobilda bugungi vaziyat qanday?


“Bu mening uyim” - Chernobil fojiasidan keyingi hayot
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00

“Bu mening uyim” - Chernobil fojiasidan keyingi hayot

Ukrainadagi Chernobil atom energiyasi zavodidagi fojiadan 38 yil o`tdi. Ishdan chiqqan stansiyalarni demontajlash, taqiq zonasi doirasidagi 30 chaqirimlik masofada radiatsiya darajasini nazorat qilish davom etmoqda.

Chernobildagi taqiq zonasi sukunatga cho`mgan. 38 yil avval bu yerda inson faoliyati deyarli to’xtagan edi. Bu sukunat faqat tabiatga erk berdi.

“Chernobil taqiq zonasida ishlashdan rohat kam, ancha xavotirli deb hisoblashadi. Lekin biz xodimlarga bu yoqadi. Bu yer tinch, shovqinsiz”, - deydi Chernobildagi taqiq zonasi hududi ishchisi Vladimir Verbitskiy.

Vladimir Verbitskiy taqiq zonasini “uy” deb ataydi. Shu yerda, hozirda sharpalar shahriga aylangan Pripyatda uning yoshligi, bolaligi o’tgan.

“Bizning kvartiramiz shu yerda, ikkinchi qavatda edi. Bu yotoqxona derazalari. Mehmonxona binoning boshqa tomonida”, - deydi u.

Pripyat Chernobil atom stansiyasidan 2 kilometr masofada joylashgan.

1986-yilning 26-aprelida 4 reaktorda portlash yuz berdi. Shahar ikki kun ichida evakuatsiya qilindi.

O’sha paytda Verbitskiy atom stansiyasidagi yosh injener edi.

“Bu dam olish kunlari yuz berdi. Men yarim tungacha oshxonada o’qidim. Tonggi to’rtlarda pochtachi keldi, vokzalda nimadir yuz bergani, ertalab ishda bo`lishim lozimligini aytdi”, - deya eslaydi u.

Keyinchalik Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik Chernobil fojiasini yettinchi darajali o`ta yirik halokat sifatida baholadi, qamrov bo’yicha eng kattasi.

Chernobil, Ukraina, 26-aprel, 2023
Chernobil, Ukraina, 26-aprel, 2023

Fojiada 31 kishi halok bo`ldi, halokatni bartaraf etishda, yong`inni o’chirishda ishtirok etgan 600 000 ming atrofidagi odam esa yuqori miqdordagi radiatsiya bilan zaharlandi.

“Men reaktordan hech narsa qolmaganini ko`rdim. Biz mutaxassis sifatida bu o’ta xavfli halokat ekanligini tushunardik”, - deydi Verbitskiy.

Vladimirga hozircha u stansiyaga kerak emasligini aytishdi. U uyida qoldi, xotini va o’g’lini evakuatsiyaga ko`maklashdi.

“Bizga ikki-uch kun ichida shaharni tark etish kerakligini aytishdi. Keyinchalik shifokorlar o’g’limni ko’rikdan o`tkazishdi, undagi radiatsiya miqdori kattalardagidan ikki barobarga ko’p edi”, - deydi u.

Fojiadan bir oy o`tib Verbitskiyni yana stansiyaga ishga chaqirishdi. U stansiyada bir yilcha ishladi, keyin esa taqiq zonasi – halokat yuz bergan stansiya atrofida radiatsiya darajasi eng yuqori bo`lgan hududga ko’chib o’tdi.

Vladimir taqiq zonasida radiatsiya miqdori hamon yuqori darajada qolayotganligini aytadi:

“Ko´ryapsanmi? Miqdor darajasi oshib boryapti, 1,37 yoki 1,42 mikrozivert Ukrainada belgilangan me’yordan 5 barobarga ko’p”.

Vladimir xavfli zonada qancha vaqt davomida bo`lganini hisoblamaydi. Hudud hamon uning asosiy ish joyi sifatida qolyapti.

U 2022-yilda, Rossiya bosqinining dastlabki davrida, zavod rus armiyasi tomonidan ishg’ol qilingan paytdagina ikkinchi bor evakuatsiyani boshdan kechirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG