26-aprel kuni Chernobil halokatiga 36 yil to’ldi. 36 yil avval bartaraf qilingan bu halokat hamon jiddiy tahdid. Ukrainadagi urushning dastlabki kunlaridanoq atom stansiyasini Rossiya nazoratiga o’tishi jiddiy xavotirlarga sabab bo’ldi, ayniqsa, yadroviy chiqindilar saqlanadigan ulkan omborxona, “qabriston”ga doir vaziyat. Bu qabristonni bir muddat elektr ta’minotisiz qolishi butun Yevropa bo’ylab yadroviy xatar xavfini tikladi. Rossiya o’z qo’shinlarini Kiyev viloyatidan olib chiqar ekan, Chernobil atom stansiyasini ham tashlab chiqdi, stansiya Ukraina nazoratiga qaytdi. “Amerika ovozi” Ukraina hukumati tomonidan Chernobil fojiasining 36 yilligi munosabati bilan uyuishtirilgan tadbirda bo’lib, atom stansiyasi, uning atrofidagi manzara bilan tanishdi.
Facebook Forum