Breaking News

BMT bosh kotibi Zaporojye atom elektrostansiyasida xavfsiz zona yaratishga chaqiryapti


Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukraina va Rossiyani Zaporojye atom elektrostansiyasi atrofida harbiy harakatlarni bas qilishga, hududda xavfsiz zona yaratishga chaqirdi.

Xalqaro hayot - 12-avgust, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:55 0:00

Ukrainaga qarashli stansiya ayni damda Rossiya nazoratida. Har ikki mamlakat bir-birini uni nishonga olayotganlikda ayblayapti.

Guterrish stansiya hududidan harbiylar va harbiy texnikani chiqarishga da’vat etdi.

"Inshoot harbiy amaliyot uchun foydalanmasligi kerak. Hudud xavfsizligi uchun demilitarizatsiya qilingan zonaga zudlik bilan kelishish kerak”, - dedi u.

AQSh bosh kotib da’vatini qo’llab-quvvatlarkan, Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentligini atom elektrostansiyasidagi vaziyat bilan tanishish uchun inspektorlarini darhol Ukrainaga yuborishga chaqirdi.

Agentlik rahbari Rafael Grossi BMT Xavfsizlik Kengashining 15 ta a’zosiga murojaat qilib, safarga chiqishga tayyor ekanini aytdi.

"Agentlik iyun oyidayoq missiyaga tayyor edi. Ammo siyosiy omillar va boshqa sabablarni deb buning iloji bo’lmadi”, - dedi u.

Rossiyaning BMTdagi elchisi Vasiliy Nebenzya Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik guruhi iyun oyidagi safarini BMT xavfsizlik rasmiylarining tavsiyasiga ko’ra qoldirganini aytdi.

"Kiyev rejimining Zaporojye atom elektrostansiyasiga Rossiya hujum qilayotgani haqidagi bema’ni va propagandistik ayblovlari va hujumlarini G’arb matbuoti tarqatmoqda. Bu mantiqsizlikdir, chunki atom zavodi Rossiya qurolli kuchlari nazoratida”, - dedi Nebenzya.

Unga ko’ra, dunyo Chernobil avariyasi ko’lami bilan teng yadroviy fojia yoqasida turibdi.

Rus qo’shinlari stansiyani mart oyida o’z nazoratiga olgan. Undagi ukrainalik mutaxassislarga faoliyatini davom ettirishga ruxsat berilgan.

Grossining aytishicha, harbiy harakatlar va zavodga qaratilgan zarbalar natijasida yadroviy xavfsizlikka hozircha tahdid yo’q, biroq vaziyat istalgan payt o’zgarishi mumkin.

Ukrainaning BMTdagi elchisi Sergey Kislitsa Xavfsizlik Kengashi majlisida qattiq gapirdi.

"Rossiya agentlik missiyasiga Dnepr daryosidan 7,5 kilometr atrofidagi hududga darhol, shartsiz va to’siqsiz kirishga ruxsat berishini aniq aytish kerak. Atom elektrostansiyasidagi inshootlar minalardan tozalanishi, harbiylar va qurollarni hududdan chiqarish lozim. O’yin o’ynashni bas qilishsin. Nurlanish vujudga kelsa, hech birimiz shamolni to’xtata olmaymiz. Ammo birgalikda terrorchi mamlakatni to’xtatishimiz mumkin. Uni qancha erta to’xtatsak, Yevropa va dunyo shuncha tez xavfsiz bo’ladi”, - dedi Kislitsa.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG