Breaking News

Isroil hujumlari Hizbulloh nufuziga qanday ta'sir qiladi?


Livan janubida Isroil hujumlari chog'idagi manzara, 23-sentabr, 2024.
Livan janubida Isroil hujumlari chog'idagi manzara, 23-sentabr, 2024.

“Davlat ichida davlat” deya nisbat berilgan Hizbulloh uzoq yillardan beri Livanning shia aholisi orasida ishonch va nufuzga ega bo’lib kelgan.

Hizbulloh qurollarini tinch aholi turarjoylariga yashirganini iddao qilayotgan Isroil Livanning shialar yashaydigan hududlariga hujumlarni kuchaytirmoqda.

Yuzlab odam jon berib, yuz minglab odam xavfsiz hududlardan panoh izlar ekan, Hizbulloh va uni dastaklab kelgan qatlam o’rtasidagi ishonch sinovdan o’tadi.

“Hizbullohni qo’llab-quvvatlab kelgan qatlam yangi urushga kirishni, allaqachon boshlangan ko’chib sarson yurishni istamaydi. Hizbulloh qaror berishda buni inobatga olishi lozim”, - deydi Yaqin Sharq instituti vakili Pol Salim.

O’tmishda Isroil hujum uyushtirgan paytlarda, xususan, 2006-yilgi urush chog’ida boshqa sektalar Hizbulloh atrofida jam bo’lib, birgalikda kurashgan.

Biroq muammolar girdobidagi Livanda Hizbullohning ta’sir doirasi oshib borar ekan, unga qarshi kayfiyat ham kuchaygan.

“Isroil Hizbullohga qarshi nifoqni kuchaytirish uchun ayyor yo’llardan foydalanmoqda”, - deydi jamiyat faoli Salim Mavad.

Isroil hujumlari Hizbullohga xayrixohlikka qanday ta’sir qilishi Livan siyosiy liderlari pozitsiyasiga bog’liq.

“Shialardan boshqa qatlamlarning siyosiy elitasi Hizbullohni shartsiz qo’llab-quvvatlashga qaror qilsa, boshqalar ham ergashadi, qarshilar oz bo’ladi”, - deydi Mavad.

Biroq Isroil hujumlari tufayli Hizbulloh nufuzi tushmasligi, harakat zaiflashmasligi ham mumkin.

“Ha, Isroil hujumlari tufayli odamlar qo’rqishi, asabiylashishi mumkin. Lekin isyon va g’azab ham kuchayadi. Amalda katta o’zgarish bo’lmaydi, biroq Hizbullohning yo’qotishlari ortmoqda”, - deydi Pol Salim.

Bugun – 25-sentabr kuni Hizbulloh ilk bor Tel-Avivga raketa uloqtirdi. Isroil raketani havoda urib tushirgan, qurbonlar qayd etilmagan. Isroil rahbari Benyamin Netanyaxu BMT minbarida so’zlash uchun 26-sentabr kuni Nyu-Yorkka uchib ketadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG