Breaking News

Amerikalik tarixchi Ukrainada temirchilik qilmoqda


Ukrainadagi amerikalik temirchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:19 0:00

Benjamin Xorber - Ukrainadagi amerikalik ko’ngilli. Insonparvarlik yordamini manzilga yetkazib berishga, temirchilik ustaxonasida xandaqlar uchun tayanchlar yasashga, dronlar yig’ishga ko’mak bermoqda.

33 yoshli amerikalik Ben Xorber Ukrainaga 2023-yilning yozida kelgan.

“Onam vafot etdi, dadam va men qoldik. Dadamga Ukrainaga ketishimni aytdim. Otam shunga qaror qilgan bo’lsam, fikrimni o'zgartira olmasligini aytdi", - deydi u.

Xorber Shimoliy Jorjiya universitetida tarix bo’yicha dars bergan. U Yevropaga sayohat qilishni doim orzu qilganini aytadi. Urush boshlanganida, avval Belgiyaga, keyin Polshaga, undan so’ng esa Ukrainaga boradi. Zaporojye viloyatida gumanitar yordam yetkazib berish ishlariga qo’shiladi.

So’ng Roman Trinosning temirchilik ustaxonasida ko’ngilli sifatida ish boshlaydi.

"Kuniga 800 ga yaqin skob tayyorlaymiz", - deydi u.

Xorber aytayotgan skoblar ko’rinishidan qog’ozlarni birlashtirish uchun ishlatiladigan simlarga o’xshaydi, faqat ancha katta. Xandaqlar qurish uchun ishlatiladi.

Roman Trinos butun umri davomida temirchilik qilgan. Yigirma yil avval hovlisida o’z ustaxonasini ochgan.

Trinos avval pechkalar yasardi, endi front uchun skoblar, tayanchlar yasamoqda.

"Buyurtmalar juda ko’p tushmoqda, nafaqat bizga, balki ko'plab ko'ngilli temirchilarga ham. Hammasini bajarish qiyin", - deydi temirchi.

Temirchi xizmati uchun pul olmaydi. Lekin metal uchun pul kerak. Xayr-ehson mablag’lar tufayli armatura sotib olishga muvaffaq bo’lyapti. Har hafta bir kilometr armatura sotib oladi. Ulardan 35 tagacha skoblar yashash mumkin.

Urush boshlanganidan beri ustaxona frontga 235 mingga yaqin metall tayanch jo'natdi. Xorber haftasiga kamida uch marta ustaxonada ishlaydi. Boshqa kunlari insonparvarlik yordamini yetkazib berish bilan shug’ullanadi, dronlarni yig‘ishga yordam beradi, mahalliy aholiga ingliz tilini o‘rgatadi. Bu orada o’zi ham ukrain tilini o’rganmoqda.

“Bir yildan beri Ukrainadaman, ancha o’rganib qoldim. Har kuni oz-ozdan o’rganyapman, tushunishga harakat qilaman", - deydi u.

2024-yil fevral oyida Xorber Floridaga borib, otasini ko’rib keldi. Uning aytishicha, urushdan charchagan mamlakatga yordam berayotganidan baxtiyor.

“Urush tugaganidan keyin ham qolsam kerak. Bu yerda qiladigan ishlar ko’p hali. Ha, qolsam kerak!", - deydi ko’ngilli.

XS
SM
MD
LG