Breaking News

Amerikalik ko'ngillilar Ukraina uchun tibbiy yordam yig'moqda


Ukrainaga tibbiy yordam yig'ayotgan ko'ngillilar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:52 0:00

Ukrainaga tibbiy yordam yig'ayotgan ko'ngillilar

Janubiy Kaliforniyadagi kasalxonalar Ukrainaga tibbiy yordam jo’natmoqda. “Ukraina bilan birga bo’l” deb nomlangan xayriya jamg’armasi loyihaga bosh-qosh bo’lmoqda.

Kaliforniya shtatining Los-Anjeles shahrida joylashgan “Ukraina bilan birga bo’l” xayriya jamg’armasi mahalliy kasalxonalar bilan hamkorlikda yordam aksiyasini o’tkazdi. Tadbir natijasida jarrohlik, reanimatsiya va travmatologiya bo’limlari uchun zarur 10 tonnalik tibbiy jihozlar yig’ildi. Asli ukrainalik onkolog Mikola Onishenko yordam qo’lini cho’zgan ko’ngillilardan biri.

"Bu yerda yaralarni davolash uchun ko'plab vositalar, tomir ichiga yuborish uchun dori-darmonlar, tomchilar, shuningdek, bemorlar uchun shpritslar, jgut va pardalar bor”, - deydi u.

Tibbiyot jihozlarining aksariyati Los-Anlejes va unga qo’shni shaharlardagi oltita yirik tibbiy markazdan olindi.

“Narsalarni turli qutilarga solyapmiz. Bizda Sog’liqni saqlash vazirligidan xat bor, ya’ni ukrainaliklarga nimalar kerakligini bilamiz. Shunga qarab narsalarni olishga harakat qilyapmiz”, - deydi Onishenko.

Barcha qutilar maxsus raqam va belgilarga ega. Tez orada ular maxsus yuk samolyotlariga ortiladi. Ko’ngillilarning aytishicha, ular tibbiyot markazlaridan e’tibor bu qadar ijobiy bo’lishini kutmagan. Ehsonlar miqdori ortishi bilan yanada ko’proq ko’ngillilar jalb qilinmoqda. Ular orasida amerikaliklar, Ukraina, Rossiya va Belarusdan kelgan muhojirlar bor.

“Turli xil odamlar bor. Ular narsalarni Ukrainaga jo’natishimizdan oldin saralash va qutilarga joylash ishlariga yordam beryapti”, - deydi tashabbuskorlardan biri Bogdan Kalyanov.

Yuklar Ukrainaga yetib borgach, mahalliy xayriya tashkilotlariga topshiriladi. So’ng jihozlar front chizig’iga yaqin kasalxonalarga jo’natiladi. “Ukraina bilan birga bo’l” jamg’armasi hozir AQShdagi eng yirik kasalxonalardan biri – Ronald Reygan tibbiyot markazi bilan qo’shimcha tibbiy yordam olish uchun muzokara olib bormoqda.

“Ukraina Sog’liqni saqlash vazirligi maxsus dori-darmon va jihozlarni iltimos qilgan. Ukraina konsulligi bilan ham ishlayapmiz. Ronald Reygan tibbiyot markazi bizga bog’lanib, so’raganlarimizni, bizda yo’q narsalarni berishini aytdi”, - deydi jamg’arma asoschilaridan biri Mixaylo Lavris.

Qimmatli tibbiyot vositalari bilan to’la samolyot may o’rtalarida Ukrainaga jo’nab ketishi kutilyapti.

Vataniga yordam berayotgan Amerikadagi ukrainlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:09 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG