Real O'zbekiston: Saylov Oliy Majlisni qanchalik yangilaydi?
27-oktabrda O'zbekistonda parlament saylovlari. AQSh poytaxtida o'z yuridik firmasini ochgan Davron Muslimov nazarida o'tgan yillarda xalqaro hamjamiyatda, xususan G'arbda O'zbekistonga nisbatan ishonch shakllanib, qonun ustuvorligi va demokratiya tomon qadamlar tashlanadi, degan umidni kuchaytirgan. Taraqqiyotda yordamlashayotgan tomonlar, deydi Muslimov, O'zbekistondagi jarayonlarni ziyraklik bilan kuzatmoqda. Parlament saylovlari O'zbekiston rostan ham o'zgarayotganini isbotlashi lozim. Muslimov Vashingtonda "Amerika Ovozi" bilan suhbatlashdi.
Facebook Forum