Breaking News

Tramp va Harris: Arizona kimni tanlaydi?


AQSh prezidentligiga raqib nomzodlar Donald Tramp va Kamala Harris
AQSh prezidentligiga raqib nomzodlar Donald Tramp va Kamala Harris

AQSh prezidentligiga nomzod bo’lganidan beri Kamala Harris sentabr oyi oxirlarida ilk bor AQSh-Meksika chegarasiga bordi.

U Arizonada chegara devorining Barak Obama prezidentligi davrida qurilgan qismini ziyorat qildi. Shtatda saylovchilar qarshisida so’zlar ekan, Harris chegarada nazoratni kuchaytirish va qonuniy immigratsiyani dastaklash haqida so’zladi.

“Immigratsiya tizimi tartibli va insonparvar bo’lishi, mamlakat qudratini oshirishi uchun islohot kerak”, - dedi u.

Ayrim arizonaliklar immigratsiya bo’yicha qattiqqo’l pozitsiyasi uchun ham respublikachi Donald Trampga ovoz berishini aytmoqda.

Xalqaro hayot - 9-oktabr, 2024 - Livan va qochqinlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:19 0:00

“Qonuniy immigratsiyaga qarshimasman”, - deydi saylovchi.

Jeyn Degreziya Amerikaga chegaradan noqonuniy o’tganlar kerak emas, deydi.

“Bu o’ta adolatsiz va xavfli”, - deydi u.

Arizona shtatida 4,1 milliondan ziyod saylovchi yashaydi. Ularning 35 foizi respublikachi, 29 foizdan ziyodi demokrat, 34 foizga yaqini esa uchinchi partiyalar tarafdori va mustaqil saylovchilar sifatida ro’yxatdan o’tgan.

“Arizonada mustaqil saylovchilar ko’paymoqda”, - deydi faol.

Arizonalik Mark Kimble mustaqil saylovchi – o’zini biror partiyaning elektorariga oid hisoblamaydi. Uning ta’kidlashicha, immigratsiya hamma uchun ham dolzarb masala emas.

“Respubliklachilar e’tibori immigratsiyada. Demokratlar uchun abort huquqi muhim. Mustaqil saylovchilar uchun ham abort muhim masala, biroq ular ko’pchilikni tashkil etmaydi”, - deydi u.

Arizonaga o’tgan yil rekord darajada migrantlar kirib kelgan, saylov borasida chegaradagi shtatlar ichida beqaror.

Harris chegaraga borgan kuni, Tramp Michiganda so’zlab, takror chegarani yopish va’dasini berdi.

“Amerika tarixidagi eng yirik deportatsiyani boshlaymiz. Boshqa yo’l yo’q”, - dedi u.

Yosh saylovchilardan biri immigratsiya tizimi oilalarni uzoq vaqt bir-biridan ajratishiga qarshi ekanini aytadi.

“Oilalar bo’linishi ayanchli”, - deydi u.

Daniel Guterres otasi Trampga, onasi esa Harrisga ovoz bermoqchiligini aytadi.

“Ikki tomonni ham eshitaman”, - deydi u.

Guterres saylov arafasida yakuniy qarorga kelgan.

“Demokratlar tarafidaman”, - deydi u.

Arizonaliklarning ayrimlari o’z tanlovini qilishga ulgurgan. Ayrimlar saylovda faol ishtirokni kuchaytirish umidida. Jozef Garsiya ana shunday faollardan.

“Dolzarb muammo nima bo’lsa ham, saylovchi ogoh bo’lishi va qaror berishini istaymiz. Kimga ovoz berishi o’z ixtiyori”, - deydi u.

Saylov taqdirini yetti beqaror shtatdagi ovozlar hal etishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG