Breaking News

Kamala Xarris bugungi muvaffaqiyatlariga imtiyozlar orqali erishganmi?


AQSh saylovida irq qanchalik muhim?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:26 0:00

AQSh Vitse-prezidenti Kamala Xarrisning tanqidchilari unda prezident bo'lish uchun yetarli malaka va ko'nikma yo’qligini da'vo qilib, u Amerikada ozchilik millat vakillari uchun yaratilgan imtiyozlar ortidan muvaffaqiyat qozonganini aytadi. Ammo uning tarafdorlari Xarris bugungi mavqeini o’z kuchi bilan egallaganini ta’kidlaydi.

Xarris hokimiyat tuzilmasida eng yuqori martaga ko’tarilgan qora tanli ayol. Aynan shuning uchun ham uni qo’llab-quvvatlayotgan demokratlar ko’p.

Erkaklik va ayollik - saylovda muhim omil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:37 0:00

Uning bu martabaga qanday erishgani siyosiy muhokama mavzusiga aylandi. Tanqidchilar uni o'z mahorati bilan emas, balki ozchilik irq vakillari uchun yaratilgan imtiyozlar evaziga shu darajaga yetganini da’vo qilmoqda.

Uning respublikachi raqibi Donald Tramp ham Xarrisga shunday ayblov qo’ydi.

"Men bir necha yillar oldin uning qora tanli ekanini bilmasdim. Endi u qora tanli bo'lishni xohlab qoldi", - dedi Tramp.

Bu tarixan barcha sohalarda oq tanlilar hukmron bo’lgan jamiyatda bahslarni kuchaytirdi. Irqiy xilma-xillik tarafdorlariga ko’ra, bu o’zgarishi kerak.

“Agar sizda xilma-xillik bo'lsa va o'tmishda ehtimol chetda qolgan shaxslarga joy ajratsangiz va ular yuqoriga ko'tarilishi uchun tashabbus va dasturlarga ega bo'lsangiz, adolatdan bo’lardi", - deydi Ronda Moret ismli faol.

Tanqidchilar esa Bayden ma'muriyatining xilma-xillikka urg'u berishidan, masalan, Oliy sudga qora tanli ayol sudya tayinlash niyatidan norozi.

"Teri rangidan qat'i nazar, qattiq mehnat qilgan qobiliyatli odamlarni qidirish o'rniga, siz ularni o’zlari nazorat qila olmaydigan narsa asosida tanlayapsiz”, - deydi Xeriteyj jamg’armasidan Jonatan Butcher.

Moretning ta'kidlashicha, Xarris, avvalo, malakali. U senator, keyin vitse-prezident etib saylanishidan oldin Kaliforniyada ham saylovchilar ovozi bilan bir nechta lavozimlarni egallagan.

“Toʻgʻrisini aytsam, bu haqoratdek gap. Go’yoki sizni qora tanli bo’lganingiz, ayol bo'lganingiz uchun tanlashgandek; boshqalardek aqlli bo’lganingiz uchun emas”, - deydi Moret.

Bu munozara saylovchilarni eski qarashlarni qayta ko’rib chiqishga undamoqda. Noyabr oyida ular o’z kelajagi uchun ovoz beradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG