Breaking News

Trampga yana bir suiqasd urinish tergov ostida


Donald Trampga ziyon yetmadi, u sog'-omon, deya bildirmoqda uning saylov shtabi.
Donald Trampga ziyon yetmadi, u sog'-omon, deya bildirmoqda uning saylov shtabi.

AQSh Federal tergov byurosi prezidentlikka respublikachi nomzod Donald Trampning Florida shtatidagi golf maydonida 15-sentabr kuni ro'y bergan voqeani suiqasdga urinish sifatida tergov qilmoqda.

Sobiq prezident golf o’ynayotgan joydan 400-500 metr uzoqlikda qurollangan shaxsni payqagan maxfiy xizmat agentlari unga qarata o’q uzgan. Shaxs voqea joyidan mashinada qochgan va keyinchalik hibsga olingan.

Bu shaxsning Gavayi shtatidan 58 yoshli Rayan Uesli Rut ekani qayd etilgan.

Butalar orasidan uning Kalashnikov avtomati va “GoPro” kamerasi topilgan.

Trampga ziyon yetmadi, u sog'-omon, deya bildirmoqda uning saylov shtabi. Prezidentlikka respublikachi nomzod iyul oyida suiqsaqd hujumidan omon qolgan edi. U o’shanda qulog’idan yaralangan.

Prezident Jo Bayden va Vitse-prezident Kamala Harris Oq uyga respublikachi nomzodga zarar yetmaganidan mamnun ekanini bildirib, vaziyatdan boxabar bo'lib turganini aytgan.

Bayden va Harris Amerikada zo'ravonlikka yer yo'q, deb keladi va bugun ham shunday bayonot bergan.

Tramp tarafdorlariga murojaatida undan xavotir olmasliklarini so'ragan. Uning kun tartibi va rejalariga o'zgarish kiritilmagan. Bu hafta u qator ommaviy chiqishlarga shay.

Kongress a'zolari maxfiy xizmatdan hisobot so'ragan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG