Breaking News

Vengriya Yevropa Ittifoqiga sodiqmi yoki o’z manfaatini ko’zlayaptimi?


Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Bryusselda Yevropa Ittifoqi rahbarlari bilan uchrashib, “G’alaba rejasi”ni muhokama qilmoqda. Beshta ochiq punktdan iborat va yana uchta maxfiy punktga ega ushbu reja Rossiyani urushni tugatishga majburlashga qaratilgan.

Xalqaro hayot - 17-oktabr, 2024-yil - Isroil-Eron yadroviy to’qnashuvining ehtimoli qanday?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:06 0:00

Biroq Yevropa Ittifoqida yil oxirigacha raislik qilayotgan va urushni to’xtatib muzokara boshlashga chaqirib kelayotgan Vengriya Zelenskiyning rejasini rad etishi mumkin.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning siyosati tashkilot ichida tanqidlarga uchramoqda, muxolifat uni Yevropa xavfsizligi va birligini yemirish harakatida ayblayapti.

Orban Yevropa Ittifoqi siyosatini tanqid qiladi, Shvetsiyaning NATOga arizasini paysalga solgan, Ukraina uchun yordamga to’siq qo’ymoqda, tashkilot rahbariyatining roziligisiz Ukraina urushi masalasida tinchlik tashabbusini olg’a surmoqda.

"Dunyo Rossiya boshlagan urush vahshiyliklariga guvoh bo’ldi. Ammo hali ham urushni bosqinchidan emas, qurbondan ko’rayotganlar bor”, - deydi Yevropa Komissiyasining prezidenti Ursula fon der Leyen.

Yevrokomissiya rahbari Vengriyani Ukrainaga yordamga to’siq qo’yganlikda, Xitoy bilan yaqin aloqalarda va Rossiyadan yoqilg’i xarid qilayotganlikda ayblaydi.

Aytish joiz, Avstriya, Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Slovakiya ham rus yoqilg’isini import qilishda davom etmoqda.

Vengriya hukumatining so‘zlovchisi Zoltan Kovach Bryusselning Budapeshtga oid siyosatini ikki yuzlamachi deb atab, buning ortida siyosiy sabab borligini aytadi.

“Buning siyosiy tarafi Oydek ravshan. Biz so’lchi liberal hukumat emasmiz. Biz o’z fikri va dasturiga ega va boshqacha fikrlaydigan konservatorlarmiz”, - dedi rasmiy.

Vengriya hukumatini tanqid qilish, deydi Kovach, unga ovoz bergan Vengriya xalqining xohishi va irodasini yemirish bilan teng gapdir.

Vengriya parlamentida muxolifat TISZA partiyasidan deputat Zoltan Tarr Orban hukumatining siyosati Yevropa Ittifoqiga zarar yetkazayotganini aytadi.

“Rossiya bilan yaqin aloqalar, Xitoy bilan hamkorlik, hamkorlikning qanday shaklda qilinishi zararli, xavfsizlikka tahdid solmoqda”, - deydi u.

Qonunchiga ko’ra, Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo davlatlar mazkur tashkilotlar qoidalariga amal qilishlari kerak.

“Biz bu tashkilotlarga o’z xohishimiz bilan qo’shilganmiz, demak qoidalariga amal qilishimiz zarur. Axir a’zolikdan foyda ko’ryapmiz. Shuning uchun halol hamkor bo’lishimiz muhim”, - deydi Tarr.

Yevropa parlamentiga yozda o’tgan saylovlarda Vengriyada saylovchilar o’ta faol bo’lgan, muxolif TISZA partiyasi 30 foiz bilan Orbanning “Fidesh” partiyasidan keyin marraga ikkinchi bo’lib keldi.

“O’zgarishga tashnalik kuchli. Hozirgi hukumatdan norozilik, unga g’azab katta”, - deydi Germaniyaning Tashqi aloqalar kengashi tahlilchisi Andras Rash.

Unga ko’ra, Orbanning 14 yillik hukmronligi paytida Vengriya Yevropa Ittifoqida Bolgariyadan keyin ikkinchi qashshoq mamlakatga aylandi.

Kelasi oy Budapeshtda Yevropa Ittifoqining sammiti bo’lib o’tadi. Tadbir tashkilot rahbarlari va muxolifat uchun Vengriya kelajagi bo’yicha xavotirlarini ifoda etish uchun qulay imkoniyat bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG