AQSh Senati 5-noyabrgi saylov natijasida respublikachilarga o'tdi. 100 a'zoli palatada kamida 51 o'rin endi ularniki.
Biroq respublikachilar mutlaq hukmronlik qilish uchun ko'proq yutishi zarurligini ham qayd etmoqda.
Senatga yangi saylangan konservatorlar immigratsiya masalasida qattiq turishni, soliqlarni kamaytirishni, tizimni isloh qilishni va'da qilgan.
Amerikaning deyarli har bir shtatida senatorlar o'z o'rnini saqlab qolish uchun qattiq kurashishga majbur bo'ldi, chunki muxolifatdan kuchli da'vogarlar bilan yuzlashdi.
Respublikachilar iznidagi Texasda Ted Kruz Senatdagi o'rnini zo'rg'a saqlab qolgan. Demokratlar boshqaradigan Kaliforniyada Vakillar palatasida xizmat qilib kelgan Adam Shif senatorlikka saylangan.
Delaver va Merilend shtatlarida qora tanli ayollar yuqori palatada o'rin yutgan.
Vakillar palatasida kimning qo'li baland bo'ladi, hozircha mavhum. Biroq g'alaba sari respublikachilar ildamlamoqda.
Oq uyga kim saylangani ham hali aniq emas. Ovoz yig'ishda respublikachi Donald Tramp oldinda ketmoqda.