Andijon: Qirlarni yashillashtirayotgan Otabek
Andijon viloyatida qaqshab yotgan qirlarni dala, bog' va o'rmonlarga aylantirish Otabek Nuritdinov uchun xayol emas, real maqsad. Hozircha yonida hamkorlar deyarli yo'q, ammo Otabek bor imkoniyatni ishga solib, qir ustida uch suv havzasi yaratdi. Tomchilatib sug'orish yo'li bilan ekin ekib, hosil oldi, xo'jaligini kengaytirishda davom etmoqda. Iqlimdagi salbiy o'zgarishlar jiddiy muammolardan darak, deya ishonadi u, inson borki, chora ko'rishi kerak. Davlatlar, tizimlar, muhalliy hukumat, jamoatchilik, olimlar, dehqonlar, chorvadorlar - har kim tabiatni asrab avaylash mas'uliyatiga ega.
Facebook Forum