Breaking News

Ukrainada Trampning urushni tugatish rejasiga munosabat qanday?


Rossiya-Ukraina urushiga chek qo’yishga ahd qilgan AQSh Prezidenti Donald Tramp yaqin kunlarda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi mumkin. Ukrainaliklar ikki rahbar Kiyevga to’g’ri kelmaydigan shartlarga kelishib olishidan xavotirda.

Xalqaro hayot - 29-yanvar, 2025-yil - Ukrainada Trampning urushni tugatish rejasiga munosabat qanday?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:20 0:00

“Prezident Tramp bosqinchi Putinni to’xtatishga harakat qiladi degan umiddaman. Askarlarimiz o’limini to’xtatish uchun yon berishga to’g’ri keladi”, - deydi Vladimir ismli kiyevlik.

“Har qanday kelishuv Ukraina foydasiga bo’lmasa kerak. Yon berishga majbur bo’lamiz”, - deydi Liliya ismli poytaxtlik ayol.

“Tashqi yordam emas, o’z kuchimizga tayanishimiz kerak. AQSh ma’muriyati o’z saylovchilari oldida ma’lum rejalar va majburiyatlarga ega”, - deydi Nazar.

Ukrainalik tahlilchi Mikola Byeleskov Tramp istayotgan kelishuvga erishish uchun aniq bir strategiya yo’qligini aytadi.

“Ukraina va Rossiyaning pozitsiyalari bir-biriga mos emas. Rossiya bosib olgan yerlarni saqlab qolishni, Ukrainaning NATOga a’zolik istiqbollaridan voz kechishini, betaraf bo’lishini, mudofaa kuchlari keskin cheklanishini talab qilmoqda”, - deydi “Omon qaytgin” jamg’armasi tahlilchisi.

Biroq Byeleskov bunday talablar oxir-oqibat Ukrainaning parchalanishiga olib kelishini aytadi.

Deputat Solomiya Bobrovskayaga ko’ra, jamiyat Ukrainaning sharqiy va janubiy hududlarini Rossiyaga topshirishga rozi bo’lmaydi.

“Bunday o’zgarishlar qonunchilik orqali, balki konstitutsiyaga tuzatish kiritish orqali amalga oshiriladi. Buni yolg’iz parlament va ukrain jamiyati hal qilishi kerak”, - deydi qonunchi.

Professor Valeriy Pekar qurolli kuchlar qisqartirilsa, Ukraina kelajak tahdidlar oldida ojiz bo’lib qolishini aytarkan, faqat NATOga a’zolik masalasi muhokama qilinishi kerakligini aytadi.

“Ukraina tarafidan muzokarada qatnashganimda edi, NATOga a’zolik rejasini 10 yilga muzlatib qo’yishga rozi bo’lardim. Usiz ham hech kim bizni alyansga taklif etayotgani yo’q. Va’dani bersak bo’ladi, geosiyosiy vaziyat esa bir necha yildan keyin o’zgarishi mumkin”, - deydi “Kiyev-Mogila” biznes maktabining dotsenti.

Byeleskov fikricha, muzokaralardan oldin Ukrainaning muzokara pozitsiyasini kuchaytirish kerak. Pekar esa Putin hujumlarni davom ettirishiga amin.

“Putin frontda muvaffaqiyat qozonyapmiz deb, muzokaraga rozi bo’lmasligi mumkin. Prezident Tramp neft narxlarini tushirishga katta va’da bergan. Agar narxlar keskin tushsa, Rossiya iqtisodiyoti to’kiladi. Ammo bunga ko’p taraflarning roziligi kerak bo’ladi”, - deydi olim.

Saudiya Arabistoni va neft ishlab chiqaruvchi davlatlarni birlashtirgan OPEK tashkiloti Trampning neft narxini tushirish taklifiga qarshi ekanini bildirdi.

Putin o’tgan yili prezidentlik muddati tugagan Vladimir Zelenskiyning vakolatini tan olmas ekan, u bilan muzokara qilishdan bosh tortyapti, u imzolagan hech bir shartnoma huquqiy kuchga ega bo’lmasligini aytmoqda.

“Lekin agar ular istasa, buning huquqiy yo’li bor. Konstitutsiyaga muvofiq Rada raisi bunga bosh bo’lishi mumkin. Hujjatlarni imzolashga mas’ul odamlarda vakolat bo’lishi kerak. Xohish bo’lsa, har qanday huquqiy masalani hal qilsa bo’ladi, ammo ularda bunga istak yo’q”, - deydi Putin.

Rossiya rahbari muzokaralarda Rossiyaning manfaatlari hisobga olinishi kerakligini bildirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG