AQShda yo'lovchi samolyot va harbiy vertolyot to'qnashgan
- Amerika Ovozi
Poytaxt Vashington yaqinida 60 yo’lovchi va to'rt ekipaj xodimi bilan qo’nish arafasida bo’lgan samolyot uch zobitli harbiy vertolyot bilan to‘qnashgan. Voqea 29-yanvar kuni tunda, mahalliy vaqt bilan 21:00 atrofida Potomak daryosi ustida yuz bergan. Bir necha kishi suvdan olib chiqilgan, kasalxonada. Qariyb 20 jasad topilgan. Prezident Tramp voqeadan xabardor, halok bo’lganlarning oilalarida hamdardligini aytgan. Federal Aviatsiya agentligi halokat sabablarini tekshirmoqda. Pentagon ham tekshiruv boshlagan. Samolyot qo’nishi kerak bo’lgan Ronald Reygan milliy aeroporti Virjiniya shtati hududida joylashgan, poytaxtga tutash.
Siz uchun
-
Fevral 19, 2025
Aqlli robotlar paydo bo'lmoqda
-
Fevral 17, 2025
Amerika Manzaralari: Ilon Mask, demokratlar, immigrantlar
-
Fevral 16, 2025
Stereotiplarni buzib: Daun sindromli fotograf hikoyasi
Facebook Forum