Breaking News

AQShda yangi Kongress ish boshladi

Qo'shma Shtatlar qonunchilik organi Kongress yangilanib, Vakillar Palatasida endi Respublikachilar partiyasi hukmron. Demokratlar sardori Nensi Pelosi spikerlikdan tushib, uning o'rnini respublikachi Jon Beyner egalladi. Pelosi xonim 2007 yildan beri palata raisi edi. 2010 yilning noyabr oyida o'tgan saylovlarda Demokratik partiya Senatda ham ancha o'rinni boy berdi, lekin hamon ko'pchilik. Vakillar Palatasi spikeri hokimiyatda uchinchi o'rinda, prezident va vitse-prezidentdan keyin. Ular biror bir sabab bilan vazifasini bajara olmay qolsa, spiker davlat rahbariga aylanadi. 62 yoshli Jon Beyner Ogayo shtatidan saylangan. Kongressga 1991 yildan beri a'zo. Oddiy mehnatkash oilasidan chiqqan. 12 farzanddan biri. Qashshoqlik sabab sakkiz yoshidan ishlay boshlagan. O'smir yillarini axlat tashib o'tkazgan Jon Beyner bugun Kongressdagi eng muhim lavozim egasi. Vakillar Palatasida 435, Senatda esa 100 a'zo bor.


XS
SM
MD
LG