Afg’oniston shimolida, asosan o’zbeklar yashaydigan Shibirg’onda isyon ko'tarilgan. Shibirg'on Juzjon viloyati poytaxti.
General Abdulrashid Do’stimning “Junbeshi Milliy” firqasi Juzjon viloyati hokimi Jumaxon Hamdardning ishdan olinishini talab qilmoqda.
Jumaxon Hamdard aslida Balxdan va Abdulrashid Do'stumning sobiq ittifoqchisi. Hamdard pashtun ekanligi sabab ham o'zbeklar noroziligiga uchrab keladi.
Politsiya bilan to'qnashuvda kamida 8 kishi halok bo’lgan, yana 40 kishi jarohatlangan. Shibirg’ondagi o’zbek yoshlaridan Abdul Munir Fayzi bilan suhbatni tinglang.