O’pka yallig’lanishi va meningit kasalligi dunyo bo’ylab yiliga 1, 6 million kishining hayotiga zomin bo’ladi. Uning qurboni bolalardir. Shu kunlarda holatning oldini oluvchi vaktsina sinovdan o’tmoqda. Afrikaning Gambiya mamlakatida o’tgan to’rt yil ichida sinab ko’rilgan bu yangi vosita 80 foiz holda ijobiy natija berdi.
Bu sog’liqni saqlashda qator o’zgarishlarga olib boradi, deya fikr bildiradi tibbiyot fanlari doktor Natan Piers: "Vaktsina pnevmoniyaga chalinayotganlar sonini 37 foizga kamaytirgan. Bu juda katta yangilik va muvaffaqiyat."
Vaktsina ta’sirini o’rgangan bu olim nazarida, mazkur vosita bolalar o’rtasida o’lim sonini katta miqdorda kamaytirish quvvatiga ega. Shuningdek, uning boshqa ijobiy natijalari ham bor.
"Vaktsina kasalxonaga tushayotgan bemorlar sonini 15 foizga kamaytirdi. Bir vaktsina natijasida, demak, odatda kasalxonaga qabul qilinadigan har olti kishidan biri sog’lom qolgan,"-deydi shifokor.
Doktor Piersning fikricha, vaktsinaning Afrikaning rivojlanmagan nuqtalarida bolalar o’limini kamaytirayotgani, uning jahonning boshqa - rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ham yaxshi samara bera olishi mumkinligidan darak.