Breaking News

Xalqaro Qizil Xoch vakillari Andijonda jabrlanganlar oldiga kiritilmayapti


Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasining aytishicha, O’zbekiston hukumati qo’mita vakillariga Andijon voqealari paytida yaralangan yoki qamoqqa olinganlar oldiga kirishga hamon ruxsat bermagan.

Qo’mita ruxsat olishga qayta-qayta uringan bo’lsa-da, O’zbekiston tomoni bu harakatlarni javobsiz qoldirgan.

“Gap kim hibsga olingani yoki ularning aybi bor yoki yo’qligida emas. Har bir davlatning qonunbuzarlarni qamoqqa olishga haqqi bor,” –deydi qo’mita so’zlovchisi Vincent Lusser. “Qizil Xochning vazifasi bu ishlarning qonunga muvofiqligini tekshirish emas, balki qamoqqa olinganlarning ahvoli va ularga bo’lgan munosabatni ko’zdan kechirish.”

Janob Lusserga ko’ra, Andijondagi qonli voqealardan keyin ko’pchilik hali ham oila a’zolari va qarindoshlarining o’lganligi, yaralangani yoki mamlakatning boshqa joylariga qochib ketganligi haqida ma’lumotga ega emas.

Qizil Xoch qo’mitasi vakillari qamoqxona, kasalxona va morglarga kiritilmagani tufayli, o’lgan yoki yaralanganlar soni bizga ma’lum emas, deydi Lusser.

XS
SM
MD
LG