Garvard Universiteti qoshidagi Markaziy yevrosiyoshunoslik markazi har yili dunyoning turli burchaklarida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalar bo’yicha izlanayotgan yosh tadqiqotchilarni bir joyga to’playdi.
Bu safar Boston Universitetida o’tgan anjumanda o’zbekistonlik yosh olima Umida Hikmatillayeva ham ishtirok etdi.
Umida ayni damda Markaziy osiyoshunoslik va turkiy tillarni o’rganish markazi bilan tanilgan Indiana Universitetida o'zbekcha-inglizcha, inglizcha-o'zbekcha lug'at ustida ishlamoqda. Tafsilotlarni yuqoridagi audio lavhadan tinglang.