Breaking News

Internetdan xolis axborot izlayotgan o'zbekistonliklar


O'zbekiston yoshlarida internet tizimidan axborot olishga ehtiyoj qanchalik kuchli bo'lmasin, tizimdan axborot manbai sifatida foydalanish yo'lida qator to'siqlar mavjud. Ko'pchilik yoshlarning fikricha, inernetdagi axborotlarning nisbatan batafsil va xolisdir.

O`zbekiston Milliy universitetida o`n mingga yaqin talaba tahsil oladi. Unversitet o`qituvchilariga ko`ra talabalarning 90 foizi muttasil inernet xizmatidan foydalanishadi, buning uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

“Universitetimizda internetdan foydalanishga rektorat tomonidan alohida ahamiyat berilmoqda, resurs markazlari bor, shular orqali har bir fakultetda talabalar internet orqali ishlash imkoniyatiga ega, Unversitetda taxminan o`ng ming talaba bo`lsa, shularning to`qson foizi shundan foydalanadi”, - deydi bu haqda Milliy universitetning informatika kafedrasi mudiri Mirsaid Oripov.

Milliy universitet talabalarining bu boradagi mulohazalari esa biroz boshqacha:

“ Internetdan asosiy malumotlarni olish uchun foydalanamiz…”

“Men hozircha internetdan foydalanganim yo`q….”

“ O`tgan yili internet bo`yicha dars bor edi, u ham onda sonda o`tilardi, bu yil umuman dars qo`yilmagan, internetdan foydalanish uchun fakultetda imkoniyat yo`q…”

“Vaqt soatlari chegaralangan, doim qanday saytlarni ko`rayotganing haqida o`qituvchiga hisobot berib turishing kerak ”, - degan fikrlarni bildirishadi talabalar.

Andijondagi voqealar qanchalik fojialarga boy bo`lishidan qatiy nazar O`zbekistonda internetdan axborot qidiruvchi kishilarning ehtiyojini belgilash uchun o`ziga xos sinov vazifasini ham o`tadi.

Chunki, internet mavzuidagi suhbat ixtiyorsiz ravishda Andijon voqealari haqida axborot olishdagi qiyinchiliklarga taqaladi. O`zbekistonda axborot tarqatishga ixtisoslashgan yuzlab ommaviy axborot vositalari ichida o`nlab internet saytlar bor, biroq ularning hammasi ham, yoshlarga ko`ra, xolis axborot manbai bo`la olmaydi. Internet saytlariga to`siqlar qo`yilayotganligi muammosiga bundan bir necha oylar avval O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Elyor G'aniyev izoh berib o`tgan va hozirgi axborot texnoligiyasi rivojlangan paytda axborot saytlariga to`siqlar qo`yish haqida gapirishni noo`rin sanagan edi.

Milliy universitet talabalariga ko`ra hozirgacha bu boradagi vaziyat o`zgarishsiz qolmoqda:

“Andijon voqelari bo`yicha, ko`rgan odamlar internet va televidenie radioda berilayotgan axborotlar o`rtasida farq borligi haqida aytishdi, aniq nima uchun bu naqa farq borligini bilmadimu, lekin qattiq asos bor, kimdir yolg`on gapiraypti.”

“To`g'ri, katta farq bor, chunki internetda kim o`zining saytini ochgan bo`lsa o`zini fikrini berayapti, televideniyeda bo`lsa, davlatning odamlari teroristlarni faqat yomon tomonini ochib berayapti, internetda bo`lsa hamma tomonini ochib bergan. Bir ikkita saytlarni, kanallarni yopib qo`yadi shunday voqealar bo`lsa… ”

“Televideniyeda boshqacha, internetda ochiq oydin berishmoqda, mening fikrim shunaqa. Nima uchunligini bilmadimu, lekin menga internetdan ko`rish yoqadi, televizordan ko`ra, msalan ko`p saytlarga krish taqiqlangan, biz yoshlar uchun hammasini ochiq oydin, yashirmasdan ko`rsatishlarini xohlaymiz… ”

Milly Universitetning informatika kafedrasi mudiri Mirsaid Oripov talabalar tomonidan bildirilayotgan etirozlarga shunday munosabat bildiradi:

“Menimcha, judayam yopib qo`yildi deyish qiyin chunki internet ochiq tizim, ma'lum bir paytda texnik sabblarga ko`ra ulardan foydalanish mumkin bo`lmay qoladi. Umuman siz aytayotgan Andijon voqealari juda ham ko`p yoritildi, hozir sud jarayoni ketayapti, televidenie orqali berib borilayapti, bu masala yopi` qolayotgani yo`q.”

Axborot olishdagi murakaliklarga qaramasdan talabalar bu borodagi chaqoqlik kuchli ekanligini ham e'tirof etishadi:

“Axborot olishga talabalarda ehtiyoj kuchli, lekin buning uchun to`liq imkoniyatga ega emas”, - deydi talablardan biri.

Kafedra mudiriga ko`ra Milliy universitet oyiga internet uchun bir million so`mga yaqin mablag` sarflaydi. 10 mingdan ziyod talaba tahsil olayotgan milliy unversitet uchun bu mablag` yetarli emas va qoshimcha ravishda turli granlar yutishga harakat qilinadi.

Biroq O`zbekistonda internetdan foydalanish sohasida moddiy ko`mak beruvchi xalqaro tashilotlarning soni yidan yilga qisqarib bormoqda. Talabalar etirofiga ko`ra ayniqsa xalqaro SOROS jamgarmasi va IREX kabi tashkilotlarning talabalarga internetdan foydalanish borasidagi moddiy ko`magi muhim rol o'ynar edi. Ayni paytda, bu tashkilotlarning biri mamlakatdan chiqarib yuborilgan bo`lsa, ikkinchisining faoliyati olti oy muddatga to`xtatilgan.

XS
SM
MD
LG