Breaking News

Guvohlarning biri qirg'inda askarlarni aybladi


14 oktyabr kuni 33 yoshli andijonlik uy bekasi Mahbubaxon Zokirova Toshkentda Andijon voqealariga aloqadorlikda ayblanayotgan ilk 15 kishining sudida 13 may kuni Andijonda namoyishchilarning qirg’inida hukumat qo’shinlarini aybladi. O’sha kuni voqea markaziga tushib qolgan Mahbubaxon Zokirovaning aytishicha, askarlar namoyishchilarning oq bayroq ko’targaniga qaramay, ularga o’q uzganlar. Uch haftadan beri o’tayotgan sud jarayonida bu guvohlar tomonidan voqeaning boshqa tarafini aks ettirgan ilk bayonot edi.

Andijon voqealari yuzasidan 20 sentaybrda jinoyat ishlari bo`yicha O`zbekiston Oliy sudida boshlangan jarayonda hozirgacha so'roq qilingan ayblanuvchilar, jabrlanuvchilar va guvohlar, asosan Andijondagi voqealar terrochilar tomonidan uyushtirilgani va tinch aholi ham terrorchilar tomonidan o`qqa tutilgani haqida ko`rsatmalar berib kelishayotgan edi.

XS
SM
MD
LG