AQSh Davlat kotibasi Kondoliza Rays Ostonada Evroosiyo milliy Universteti talabalari bilan bo`lgan uchrashuvida O`zbekiston bilan munosabatlarga to`xtab o`tgan.
AQSh Davlat kotibasiga ko`ra, AQSh O`zbekiston bilan, mamlakatdagi mavjud siyosiy tuzim o`zgarishi va yoki o`zgarmasligidan qatiy nazar, munosabatlarini davom ettiradi.
“AQSh O`zbekiston hozirgi mavjud siyosiy yo`nalishni rad etadi degan umidda, biroq Islom Karimov o`z yo`nalishini o`zgartirishi va yoki o`zgartirmasligidan qatiiy nazar biz o`zbekistonlik do`stlarimiz bilan ishlashni davom ettiramiz”, - degan Kondoliza Rays.
Kondoliza Raysning Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuvida AQSh Davlat kotibasi Qozog`iston Markaziy Osiyo respublikalarining rivojlanishi uchun tayanch bo`la olishi haqida umid bildirilgan.
Haqiqatda, Qozog`iston mintaqaning rivojlanishi uchun qanday ahamiyat kasb eta olishi haqida o`zbekistonlik kuzatuvchlar turlicha fikrlar bildirishadi.
Kuzatuvchi Bahodir Musaevga ko`ra, mintaqaning rivojlanishi uchun bu masuliyatni kimdir bo`yniga olishi kerak.
“O`zbekiston o`zining tashqi siyosatdagi va mamlakat ichkarisida ijtimoiy vaziyatning inqirozga yaqinlashishi bois ham mintaqvi etakchilikka davo qilolmaydi. Shuning uchun ham bugun mintaqadagi rivojlanish va uning xavfsizligini taminlash masuliyati ko`proq iqtisodi rivojlanib borayotgan Qozog`izton zimmasiga tushishi kerak, mintaqada boshqa rivojlanib borayotgan nomzod respublika yo`q”, - deydi Bahodir Musaev.
Mahalliy kuzatuvchilardan biri Alimardon Annaevga ko`ra, Qozog`iston mintaqa rivojlanishi uchun o`z hissasini qo`shish tashabbusini 2003 yilda Toshkentda ERTB boshqaruvi maslisi o`tgan paytda ham bildirgan.
“O`shanda Qozog`iston prezidenti Qozog`iston mintaqa davlatlariga bir milliard dollar miqdorida sarmoya kritishi mumkinligini takidlagan edi, hozirda bu mablag` bir necha barobarga ko`paygan bo`lishi kerak”, - deydi Alimardon Annnaev.
Alimardon Annaevga ko`ra hamkorlikdagi to`siqlardan yana biri O`zbekiston va Qozog`iston jamoatchiligi o`rtasidagi aloqalarning ayni paytda uzilib qolganligi ham hamkorlikni yo`lga qoyilishidagi katta to`siqlardan biridir.
Shu bilan qatorda O`zbekistondagi ayrim kuzatuvchilar ko`proq hukumat siyosati yuzasidan mushohada yuritayotgan siyosatchilar Qozog`istonnig mintaqa qamrovi uchun salohiyatga egalini rad etishadi.
Siyosiy sharhlovchi Tursunboy Qoratoevning aytishicha, Qozog`iston faqatgina Xitoy tomondan kelayotgan tovarlarni O`zbekistonga o`tkazayotgan vositachigina bo`lib qolmoqda.
“Bizda chetdan keltirilayotgan mollarga qaram bo`lib qolmaslik uchun harakatlar amalga oshirilmoqda, bu harakatlar ba`zan natija berayotgan, ba`zan natija bermayotgan bo`lishi mumkin, lekin Qozog`istonda bu borada umuman hech qanday harakat olib borilayotgani yo`q. Men Qozog`iston gazetalarini o`qib turaman va u erdagi vaziyat bilan biroz tanishman”,- deydi Tursunboy Qoratoev.
Muxolifatdagi Erk partiyasining vakili Baxtiyor Isabek Qozog`istonning iqtisodiy salohiyati yuksalayotganligini etiroflaydi biroq mintaqa etakchisi bo`lishi uchun Qozog`iston hukumati bir qator masalarga etibor berishi lozim deb hisoblaydi.
“Jumladan, qo`shni davlatlar bilan barcha jabhadagi aloqalarni, jamoatchilik o`rtasidagi va diplamatik aloqalarni ham jonlantirishi kerak. Bundan tshqari, agar mintaqaviy etakchilikka intilayotgan ekan, bu borada mintaqaning boshqa davlatlari tomonidan bildirilayotgan etirozlarni ham kengfellilik bilan engib o`tishi lozim, bu gegemonlik ko`rinishini olmasligi kerak”,- deydi muxolifat vakili Baxtiyor Isabek.
Siyosatshunos Farxod Tolipov esa nafaqat Qozog`istonning balki mintaqadagi boshqa birorta davlatning mintaqa rivojlanishida tayanch bo`la olishiga shubha bildiradi.
“Markaziy Osiyo hamkorligi tashkiloti Sank-Piterburgdagi sammitda tugatildi va tashkilot Evroosiyo iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga kritildi. Demak, mintaqa respublikalari Rossiya ustunlik qilib turgan birorta yirik tashkilotda mintaqa uchun tayanch bo`la olishadi deyish noto`gri, bu tayanch vazifasini hamisha tashkilotning a`zosi Rossiyagina o`tashi mumkin”, - deb hisoblaydi siyosatshunos Farxod Tolipov.
O`zbekistonlik ayrim kuzatuvchilarga ko`ra, Qozog`istonning Rossiya bilan yaqin aloqalari Rossiya ishtirokisiz rivojlanishni maqsad qilgan mintaqa mafaatlariga zarar keltirishi ham mumkin.