Breaking News

Qozog'istondan qochqinlar bo'yicha tergov o'tkazish so'ralmoqda


Qozog’iston hukumati mamlakatga boshpana so’rab kelgan o’zbekistonlik qochqinlarni vatanlariga majburlab qaytarilgani yuzasidan tergov o’tkazmog’i lozim, deya talab qilmoqda Nyu Yorkda asoslangan Human Rights Watch, inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot vakillari.

“Ular Qozog’istonga xavfsiz boshpana izlab kelgan edilar, hozir esa ular qamoqda va qiynoqqa mahkum etilgan. Qozog’iston hukumati ma’suliyatni his qilgan holda, qochqinlarni qonunga xilof tarzda qaytarilgani bo’yicha tekshiruv olib bormog’i lozim”, -deydi tashkilotning Yevropa va Makraziy Osiyo bo’yicha direktori Xoli Kartner.

2005 yilning noyabr oyida, Qozog’iston janubida siyosiy qochqin sifatida ro’yxatga olingan 9 nafar o’zbekistonlik bedarak ketgani aytilgan edi. Keyinchalik ularning O’zbekiston qamoqlaridan birida ekani ma’lum bo’ldi. Qozog’iston rasmiylari qochqinlarni qo’lga olib, O’zbekistonga topshirganligini inkor etmoqda.

Biroq Human Right Watch tashkiloti, 4 qochqinni qo’lga olib, O’zbekistonga ekstraditsiya qilinganida Qozog’iston xavfsizlik kuchlarining qo’li borligini isbotlovchi dalillarga ega ekanini bayon qildi. Qaytarilganlarning aksariyati O’zbekiston tomonidan diniy ekstremizmda ayblanmoqda.

XS
SM
MD
LG