Markaziy Osiyo Hamkorligi Tashkilotining tugatilganiga ko`p o`tmayoq, Qozog`iston Markaziy Osiyo davlatlari Ittifoqini tuzish tashabbusi bilan chiqmoqda.
Qozog'iston tashqi ishlar vaziri Qosimjomart To'qaevning aytishicha, Markaziy Osiyo Davlatlari Ittifoqini tuzish har tomonlama manfaatlidir. Mintaqa xalqlari birdamlikda yashashni va erkin savdoga yo’l ochilishini istaydilar, deydi u.
Xo’sh, mintaqada yangi ittifoq tuzish go’yasidan qanday maqsadlar ko`zda tutilgan bo`lishi mumkin?
Janubiy qozog`istonlik kuzatuvchilarning fikricha, g`oya ko`proq yuzaki tashabusga ega.
- Hozirgi paytda Markaziy Osiyo davlatlaridagi tuzum va iqtisodiy islohatlarning borishida shunchalik farq borki, ularning integratsiyasi haqida gapirish uchun, shaxsan menda, hech qanday asos yo`q. Bunday qat’iy nazar, Qozog`iston Rossiya tomoniga ham, O`zbekiston tomoniga ham o`zining integratsiya tarafdori ekanligini bildirib qo`ymoqchi. Bu birinchidan Qozog`iston prezidentining reytingini ko`taradi, ikkinchidan Qozog`iston hamisha biz taklif qilgan edik ular xoxlashmadi degan bahonani ko`rsata oladi, - deydi qozog`istonlik siyosatshunos Aleksey Goncharov.
Unga ko`ra, mintaqa davlatlarining ittifoqqqa aylanishiga to`sqinlik qiluvchi muammolardan biri bu - davlat rahbarlarining siyosiy ambitsiyalaridir.
- Hozirgi rasmiy Toshkent pozitsiyasi avvalgidek emas, Karimov AQSh bilan kelishmay qolgan. Unga qanaqadir tayanch kerak. Agar u bosiqlik ko`rsata olsa biror munosabatlarda o`zgarish bo`lishi mumkin. Boshqa tomondan Rossiya ham Qozog`istonning mutlaqo janub tomonga ketib qolmasligi uchun harakat boshlashi mumkin. Chunki Qozog`iston va Rossiya o`rtasida ham iqtisodiy, soliqqa oid yechilmagan muammolar mavjud,- deydi Goncharov.
Uning ta’biricha, hozirda, Qirg`izistondagi vaziyat ham juda notinch. Shularni hisobga olganda tashabbus judra vaqtida ko`tarilgan. - Bu yerda asosiy o`rin baribir Toshkentga bog`liq, u erdagi tuzum, hech bolmaganda, Qozog`istondagichalik liberallshganda edi, muammo ijobiy tomonga siljiy boshlardi, - degan qarashlarni bildiradi Aleksey Goncharov.
Muxolifatdagi “Adolatli Qozog`iston” partiyasining vakili Abdumalik Sarmonovga ko`ra, bu tashabbus Nazarboyevning saylov kompaniyasi bilan bog`liq.
Qozogistonda 500 ming atrofida o`zbeklar istiqomat qiladi, hozir bordi-keldi masalari juda cheklangan. Nazarboyev bu tashabbusi bilan o'zbeklarning ovozlarini qo'lga kiritmoqchi, - deydi Sarmonov.
- Bu g`oyani faqatgina Qozog`iston prezidentining saylovoldi kampaniyasi bilan bo`gliq deyishga to`liq asoslar yo`q. Markaziy Osiyo hamkorligi tashkilotiga mintaqaga aloqasi bo`lmagan Rossiya qo`shilgandan so`ng, bu tashkilot tom ma’nodagi mustaqil mintaqa tashkiloti bo`lmay qolgan edi. Shu ma’noda mintaqada yangidan mustaqil ittifoq tuzish tashabbusi avvalgi pozitsiyaga zid bo`lib chiqmoqda,- deydi Sarmonov.
- Markaziy Osiyo tarixan yaxlit birlik va bir makon, buni hech kim inkor eta olmaydi. So`nggi paytlarda O`zbekistonnnig xalqaro obro`sidan kelib chiqqan holda va mazkur tashabus nuqtai nazaridan aytish mumkinki, mintaqadagi yetakchilik endi Qozog`iston tomomga o`tgan”, - degan fikr bildiradi o`zbekistonlik siyosatshunos Farxod Tolipov.
Qozog`istonnig O`zbekistondagi elchixonasi siyosiy masalahatchisi Qabulay Qalaybekka ko`ra, ayni paytda, Qozog`iston tomonidan ko`tarilayotgan mazkur tashabusga mintaqa davlatlari, jumladan, O`zbekiston tomonidan biror rasmiy munosabat bildirilganicha yo`q.
- Biroq, O`zbekiston prezidentining markaziy Osiyoda umimiy bozor muhitini yaratish haqidagi qarashlari Markaziy Osiyo davlatlari Ittifoqi g`oyalari bilan mos tushadi, - deydi Qozog`istonning O`zbekistondagi elchixonasi vakili.