Breaking News

Yevropa Qozog'istondan matbuot erkinligini cheklamaslikni so'ramoqda


Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakili Miklos Xaraszti Qozog’istonni matbuot qonuniga taklif etilayotgan qo’shimchalarni parlament muhokamasidan chiqarishga chaqirmoqda. Tashkilotga ko’ra, ular matbuot erkinligini cheklash uchun xizmat qiladi.

“Qonunga qo’shimchalar matbuot tashkilotlari uchun ma’muriy jarima va ro’yxatdan o’tish to’lovlarini oshirish, va nizomlariga arzimagan o’zgartirish kiritilganda qayta ro’yxatda o’tish kabi talablarni qo’yadi”, – deydi Yevropa tashkiloti vakili Miklos Xaraszti.

Qozog’iston Madaniyat va Axborot vaziri Ermuhammad Ertisbayevga yo’llagan murojaatida janob Xaraszti yangi qonun loyihasida sud tomonidan tashkilotlari yopilgan muharrirlar kelajakda yangi axborot vositalari barpo eta olmaydi, degan qo’shimchadan xavotirda ekanini bildirgan. Unga ko’ra, bu Qozog’istonda matbuot erkinligi yo’lida olib borilayotgan islohotlarga putur yetkazishi mumkin.

Hukumat tomonidan taklif etilayotgan mazkur qo’shimchalar ayni damda parlament muhokamasida bo’lib, ayrim deputatlar tomonidan tanqidga uchramoqda.

XS
SM
MD
LG