Breaking News

Karimov: Rossiya bilan harbiy hamkorlikni tiklash - asosiy masala


14 noyabr kuni Moskvada O’zbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi ittifoqchilik haqidagi shartnomaga imzo chekdi.

Ittifoqchilik haqidagi shartnoma O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi strategik shartnomaning mantiqiy davomi ekanligi aytilmoqda. Mazkur shartnoma xavfsizlik, harbiy hamkorlik, mudofaa sohalarini ham qamrab oladi.

O’zbekiston prezidenti Rossiyaga jo’nab ketishdan avval mahalliy ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusuda shartnoma imzolashdan ko’zlangan maqsadlar haqida, jumladan, shularni aytgan:

“Bu shartnoma ittifoqchilik masalalarini rivojlantirish uchun nimalarni ko’zda tutilayapti: avvalambor, harbiy hamkorlik, qurolli kuchlarni qurollantirish, hamkorlikni yangi pog’onalarga ko’tarish, bu borada Rossiyadan ko’mak olish. Mana shu shartnoma kuchga kirganda, O’zbekistonga yovuz, g’araz niyatlar bilan qilingan hamla yoki bostirish harakatlari bu Rossiyaga qo’l ko’tarishdek baholanadi va shunga qarab xulosalar, qarorlar chiqariladi.”

Shartnoma haqidagi dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, imzolagan tomonlar biron hukumat rejimi xavf ostida qolganda ikkinchi tomon mamlakatga kirib harbiy yordan ko’rsatish majburiyatini oladi.

Kuzatuvchilarga ko’ra, mazkur shartnoma haqiqatda O’zbekiston hukumati va Rossiya hukumati o’rtasidagi ittifoqning cho’qqiga chiqayotganligini bildirsa, ikkinchi tomondan ittifoqchilik shartnomasining imzolanishi ijtimoiy to’lgo’nishlar xafi ostida turgan O’zbekiston uchun o’ta xatarli bo’lishi ham mumkin ekan.

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov shunday fikr bildiradi:

“Janob Putinnig bu hatti harakatlarini O’zbekistonning ichki ishlariga aralshish deb baholayman. Bu bilan Rossiya O’zbekistondagi mavjud tuzim avtoritarizmni tan olishini, mutloqo qo’llab quvvatlashga intilish va shu orqali xalqning, jamiyatning jabr zulumlari orqali o’zining manfaatlarini qondrish deb hisoblayman. Rossiya o’z manfaatlarini O’zbekistonda parvarishlashi kerak, lekin bu malum bir balans saqlangan holda amalga oshirilishi kerak. Brinchi o’rinda hukumatning manfaatlarini hisobga olib, jamiyatning manfaatlarini inkor etish, bu rossiya tomonidan qilinayotgan asosiy xatolarning biri. Chunki, hozirgi paytda O’zbekiston hukumati va jamiyati o’rtasida jipslik, birlik umuman yo’q, ular o’rtasidagi muxolifatchilikkayfiyati hammaga ayon bo’lishi kerak.”

Karimovning Rossiyaga safari davomida mintaqa xavfsizligi, Mustaqil Davlatlar Hamdo’sligi Tashkiloti faoliyatini rivojlantirish, Shanxay Hamkorlik Tashkilotini faoliyati, O’zbekiston va Rossiya harbiy hamkorligi, milliy xavfsizlik masalalari muhokama qilinishi aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG