Breaking News

YTTB O'zbekistondagi faoliyatini xususiy sektorda davom ettiradi


Mahalliy axborot vositalari taraqqiyotida ko’maklashuvchi Internews tashkiloti O`zbekistondagi faoliyatini tugatganidan keyin bir kun o’tib, Reuters axborot agentligi Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) ham O`zbekistondagi faoliyatini to`xtatishga qaror qildi, degan xabar tarqatgan edi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, xalqaro bank O’zbekistonda xususiy sektor bilan ishlashda davom etadi.

Bankning Londondagi bosh idorasidan O`zbekiston bo’yicha mutaxassis Bonora Bennettning xalqaro matbuotga bergan ma’lumotida, YTTB O`zbekistondagi faoliatini tugatmoqchi emas, biroq, bank ma'muriyatining O`zbekistondagi inson huquqlariga oid vaziyat yuzasidan jiddiy tashvishda.

Bonora Bennettning aytishicha, YTTB shu yilning iyul oyida O`zbekiston bilan hamkorlikka oid ikki yilga mo`ljallangan dastur qabul qilgan. Bu dasturda O`zbekiston hukumati Andijon voqealari yuzasidan va 2004 yilda bo`lib o`tgan parlament saylovlaridagi qonunbuzarliklar uchun tanqidga olingan.

YTTB prezidenti Jan Lemmeerning O`zbekiston prezidenti nomiga y`ollagan maktubida O`zbekiston hukumati siyosiy islohatlar o`tkazish haqidagi muloqotni natijasiz qoldirayotganligi tufayli, bank hukumat bilan ishlay olmasligi, faqatgina O`zbekistondagi xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashi bildirilgan.

YTTBning Toshkentdagi vakolatxonasiga ko`ra hozirda bank tomonidan O`zbekistondagi bir nechta xusisiy korxonalarga sarmoya berilgan va vakolatxona faoliayati bank tomonidan qabul qilingan ikki yillik strategiya asosida davom etmoqda.

YTTB vakolati doirasiga u hamkorlik qiulayotgan amalakatda so`z erkinligi va inson huquqlari, iqtisodiy erkinliklarga oid vaziyatni kuzatish ham kiradi.

O`zbekiston hukumati bu sohalarda islohatlar o`tkazilishi haqida YTTBning 2003 yilda Toshkentda o’tgan yillik yig`ilishida takidlangan edi. Biroq keyinchalik vaziyat o`zgarmagach bankning hukumat bilan hamkorligi tobora qisqarib borayotgan edi.

Mahalliy kuzatuvchi Bahtiyor Isabekka ko`ra, O`zbekiston hukumati tomonidan barcha xalqaro tashkilotlar chiqarilayotgani va shunga muhut yaratilgani tabiiydir.

“Chunki, shundoq bo`lsa ham, buni qo`llab turish kerak, tinchlik kerak, degan qarash bilan ish tutishdi. Nahotki, aqshlik, angliyalik yoki boshqa siyosatchilar tushinishmaydiki, hech qachon totalitar tuzumda turgan odam, o`z xalqiga o`zi do`st bo`lmagan odam, biron bir demokratik tuzumga do`st bo`la olmaydi. O`zbekistonning ulardan burilib buyoqqa o`tishi, bu tabiiy jarayon edi va bu jarayonga aynan o`sha demokratik davlatlar o`zi istabmi, istamaymi yo`l ochib berishdi”, - deydi Bahtiyor Isabek.

Mustaqil kuzatuvchilarga ko`ra hozir rasmiy Toshkent inson huquqlari, demokratik islohatlar, Andijon voqealari yuzasidan hisobot talab etmagan davlat bilan hamkorlikka muhtoj. Bunday hamkor esa xuddi shunday avtoritar tuzumga ega bo`lgan Rossiya qiyofasida namoyon bo`lmoqda.

XS
SM
MD
LG