Breaking News

Qahraton qish nochor Qoraqalpog'istonni yanada qaqshatmoqda


Qoraqalpog’iston poytaxti Nukusdan 50 kilometr yuqorida, Amudaryo ustidagi “Qipchoq” ponton ko’prigi 3 yanvar kuni yig’ishtirib qo’yildi.

Ko’prikning yig’ib qo’yilishiga, so’nggi kunlari Qoraqalpog’istonda havoning sovuqligi 20 darajagacha yetganligi sabab bo’ldi.

146 ming aholilik Amudaryo tumani va qo’shni Xorazmning shimoliy hududlari fuqarolari daryoning o’ng qirg’og’iga o’tish imkoniyatidan mahrum bo’ldilar.

Amudaryo tumanilik fuqarolardan biri gapiradi: “Mang’it- Nukus “ yo’nalishida qishgi mavsumda bizlarning Qoraqalpog’iston poytaxtiga chiqishimiz qiyin bo’lib qoladi. Daryoda suv muzlay boshlaganda ko’prik ishlatilmaydi. Shu sabab, tumandan Toshkent yo’nalishi bo’yicha ham harakat yo’q. Sovet paytida shunday hollarda Turkmaniston orqali chiqsa bo’ladigan yo’l bor edi. U yo’llar hozir yopiq. Transport bilanTurkmaniston orqali umuman o’tish mumkin emas. Agar o’taman desangiz, Turkmanistonga dollar to’lab o’tishga to’g’ri keladi”.

Mahalliy aholi va boshqada yo’lovchilarni ko’prikning muz yurish xavfi boshlanganda ishlash rejimi haqida aniq ma’lumotlar yo’qligi va boshqada shart-sharoitlar tashvishlantiradi:

“Ponton ko’prigining qay payt ishga tushishini biz bilmaymiz. Ko’prikning ochilishini biz oldindan bilganimizda yaxshi bo’lardi. Ikki tomonda ham isinib o’tirganday joy yo’q. Kasallar bo’lishi mumkin, sovuqda kutib o’tirishga to’g’ri keladigan. Bu erda temir-beton ko’prik solishsa, xalq uchun yaxshi bo’lardi”.

“Qipchoq” ponton ko’prigi Qoraqalpog’iston Respublikasi “Avtomobil yo’llari” Davlat aktsiyadorlik kompaniyasiga qarashli. Joriy yil yozidan boshlab mahalliy aholi orasida Qipchoqda Amudaryoga temir-beton ko’prik qurilar ekan, degan mish-mishlar paydo boldi.

Kompaniya mutasaddisi Kamol Qalandarov muammo yuzasidan deydi:
“ Ko’prikning o’z nizomi bor, muz yura boshlaganda pontonlarni olib
qo’yish kerak.

Prezidentga chiqing, Kabminga chiqing (Vazirlar mahkamasi), ko’prikka moliya bersin. 8 milliard turadi temir-beton ko’prik, biz takliflarni berganmiz Kabminga (Vazirlar mahkamasi). Quriladi kelajakda, rejalarda turibdi, kelasi yil boshlashi mumkin. Radio’da ayting, ko’prik yo’q ekan, halq o’tolmayotgan ekan , deng”.

Qoraqalpog’iston gidrometrolo’giya markazi injener-gidro’logi Satulla
Babanazarovning aytishicha: “Sovuq 10 darajadan yuqori bo’lsa muz qotib boshlaydi. Oqib turgan suv keyinroq qotadi-ku. Xozir Qipchoq yonida daryo sathining 60-70
foizida muz yurib turibdi”.

Markaz injener-sino’ptigi Ziyoda Qobulo’va kechalari 15-20 daraja sovuq:
“ 6 yanvargacha turadi shunday sovuq. 8 –yanvargacha tenperatura ozgina ko’tariladi, keyin yana pasayib, sovuq bo’ladi”,- deydi.

“Amudaryo” basseyn suv birlashmasi gidrouzellari Nukus boshqarmasi dispetcheri Esanqo’sh Tavshano’v daryoning yuqorisida, jumladan, Xorazm qismida muz yurish holati to’g’risida ularda ma’lumot yoqligini ta’kidlaydi:

“ Biz Qipchoq va Taxiatosh gidrouzeli yonidagi holatnigina bilamiz”.

O’z nomini oshkor qilishimizni istamagan bir hamsuhbatim, Amudaryoda muz oqimi qancha davom qilishi mumkinligi to’g’risida ma’lumotlarni aholiga bildirish u yoqda tursin, bironta mutasaddi ham bilmasligidan xunobi chiqayotganini gapiradi.

Daryo sathida muz oqimi to’xtamas ekan, ponto’n ko’prikni o’z o’rniga
qo’yish mumkin emas.

Mahalliy hokimiyat ko’prik olinishi bilan, ikki qirg’oq oralig’ida qatnov uchun barjalarni ishga solgan.

Ammo, nafaqat barjalar, balki transportlarning chiqish-tushish joylari oslashtirilmagani bois, minglab odamlar uchun Amudaryodan o’tish chinakamiga azobga aylangan.

XS
SM
MD
LG