Breaking News

Qalin qor Qoraqalpog'iston jamoat transportini to'xtatib qo'ydi


So’nggi kunlarda Qoraqalpog’istonda havo yanada sovub, qalin qor yog’di. Ba’zi aholi zich joylashgan hududlarda jamoat transporti to’xtab qolgan. Mana on kundan oshdi-ki, kechalari sovuq 20 darajadan tushmayapti.

Aholi, ayniqsa, yo'lovchi tashish vositalari harakatining toxtatib qoyilganidan norozi.

"Yengil mashinalar ham yurmayapti. Yo'llarga tuz sepganlarida barchasi ham yurib ketardi. Xalqni hech kim o'ylamayapti. Haqiqatni aytish kerakda, yozaversin radiomi boshqasimi..."-deydi mahalliy fuqarolardan biri.

Nukus-To'rtkol marshrutida yolga chiqqan mikroavtobus yol-patrul postlaridan u yerdagi xodimlar bilan kelishib otishiga umid qiladi. Biroq, haydovchi Amerika Ovozi muxbirini birinchi postgacha olib ketishni istamaydi:

"Bizlar bilan bormang, ozi odamlarni postdan qanday o'tkazishni bilmay turibman,"- deydi u. "Jurnalistni nega olib kelding, deb militsionerlar menga azob berishadi."

Amudaryo tumani hududidagi Qipchoqpostida toxtatib qoyilgan xorazmlik shofyor 100 kilometrlik yol bosib kelganligini, uni hech kim yol yopiqligi to'g'risida ogohlantirmaganini gapiradi:

"Men Raxim Yusupovman. Urganch- Qong'irot marshruti boyicha haydayman avtobusni. Mana daryo postiga keldim. Mangitdagi postlarda yol-patrul xizmati xodimlari yoq edi. Shuncha solyarka yoqib, shu yerga keldim. Urganchda bilet sotishdi marshrutga. Davlat avtobusi. Daryoning naryogi sirgoq, yol muz ,deb turishibdi. Harakatni to'xtatish to'g'risida hech qanday hujjat korsatishmadi."

Qoraqalpog'iston trans hissadorlik jamiyati yo'lovchi tashish bolimi boshlig'i Baxtiyor Orozboev :

"To'xtatildi yol harakati. Shahar atrofida qatnovchi avtobuslar ham toxtatildi. Faqat Nukusdagina toxtatilmadi. So'nggi qorda kechqurun soat beshdan keyin ertalabgacha to'xtatildi."

Qavtoyol Davlat hissadorlik jamiyati bosh injeneri Baxit Toreshovning aytishicha: "Yol patrul xizmati nafaqat bizga, balki barcha avtostansiyalarga ham xabar beradi yollarda harakat toxtatilishi togrisida. Bir qor yogdi, biz kechqurun beshdan keyin ertalabgacha zaruriy choralar ko'rdik. Yol ochiq bo'ldi."

Respublika Ichki ishlar vazirligi Harakat xavfsizligi boshqarmasi boshlig'i Mirot Aytmirotov : "Kunduzlari ertalab yo'l sirpanchiq bolsa, yo'l yopiq turibdi. Boshqa holatlarda yopilgani yo'q. Biz odamlarning umrini saqlashimiz kerak. Shuning uchun sirpanchiqda mashinalarni haydatmasligimiz kerak-da. Yo'l birinchi qorda faqat bir martagina yopildi. Bu borada buyruq bo'lmaydi, korsatma boladi. Toshkentdan. Maxsus qaror yoq."

Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot-tahlil bo'limi xodimi Gulzira Davlatyorovaga kora: "Yo'l yopilish holatlarida biz har oyda Toshkentga malumot berib turamiz. Yanvar oyida yo'llarda harakat to'xtashi holati bo'lmadi. Qor va sovuqdan yo'llarda passajir transporti harakati to'xtatilishi haqida Yol harakati xavfsizligi boshqarmasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga albatta xabar berishi kerak. Ammo bunday xabar idoraga 2006 yilda umuman kelib tushmagan."

Yo'llarda yo'lovchi harakatini to'xtatishga topshiriq rasman hujjatlashtirilmasa, bu borada buyruq chiqarilmasa, holatdan maxsus vazirlikning umuman xabari bolmasa, barchasiga qoraqalpoq sovug'i va qorini ayblayverish insofdan emas, deyishadi jamoatchilik vakillari.

XS
SM
MD
LG