Breaking News

Bolalar salomatligi dasturi sarhisob qilinmoqda


Bugun Nukusda Kaunterpart Konsortium (Counterpart Consortium) xalqaro tashkiloti tomonidan olib boriladigan Umr nuri - bolalarni omon saqlash dasturi xodimlarining birinchi yig’ilishi bo’lib otdi.

Amerika Qoshma Shtatlarinig Halqaro rivojlanish agentligi USAID tomonidan moliyalashtirilgan Umr nuri-bolalarni omon saqlash dasturining birinchi sinov loyihasi Qoraqalpog’istonda 2000 yili dekabrida ish boshlagan.

Respublikaning ikki tumanida o’tkazilgan ushbu to’rt yillik sinov natijalari tahlil qilingandan keyin , 2006-2010 yillarga moljallangan va Qoraqalpogistonning barcha 14 tumanini qamrovchi besh yillik yangi dasturni amalga oshirishga qaror qilindi.

Loyiha uchun har tumandan bir tibbiyot xodimi tanlov asosida olingan. Anjuman ishtirokchilarining aytishicha, ular o’z tajribalarni o’rtoqlashishgan va kelgusi rejalari haqida maslahatlashganlar.

-Orol dengizinig qurib borishi jarayonida Qoraqalpog’istonda yuzaga kelgan og’ir ahvol, ayniqsa ona-bola salomatligiga qattiq ta’sir qilayapti,- deydi dastur rahbari Nina Nizamatdinova. - Oldingi to’rt yillik dastur Nukus va Taxtakopir tumanlarida bajarildi. Dasturni joylardagi tibbiyot xodimlari va mahalliy aholi vakillari bilan birga amalga oshirdik.

- Biz har bir makenkenesda (mahalla qo’mitasi) salomatlik komissiyasi tuzdik. Komissiyalarga mahallalardagi hurmatli odamlar raislikka saylandi va ular bizga katta yordam berdi, -deydi dasturning Taxtakopir tumani masuli Gulnora Qoraboyeva.

- Taxtakopir tumanida ushbu dastur to’rt yil mobaunida olib borildi.Bunda asosiy vazifamiz oiladagi ikki yoshgachalik emizikli onalarni va besh yoshgacha bolali onalarni oqitish boldi.

- Ovullarda kelinlarga qaynonalar ta’siri kuchli. Hozirgi qaynonalar o’zlari onalik paytida soatga qarab uch soatdan emizgan farzandlarini. Bugungi talab-bola qancha emishni istasa, shuncha emizish. Kelinlar ushbu zamonaviy metodni qo’llanishi uchun biz qaynonalarning fikrini o’zgartirishga harakat qildik. Natijada, olti oygacha bo'lgan bolalarni onalari qo'shimcha ovqat bermasdan faqat o'z sutlari bilan parvarishlashiga erisha oldik.

O’qituvchi Sara Utegenova esa, “Bu erda onalar besh yoshgacha bolalarida qanday noxushlik borligini bilib, tibbiyot xodimiga qanday vaqtda murojaat qilishi lozimligini orgatdik. Bundan boshqada dasturlar kop, masalan, anemiya dasturi, immunizatsiya dasturi, bular hammasi integrallashgan davolash dasturi...,-deydi.

Nina Nizamatdinovaning aytishicha, aholi o’rtasida o’tkazilgan ko’plab uchrashuvlarda kitobdan boshqa, odamlar yaxshi ko’radigan videoko’rsatuvlardan ham foydalanildi. Toshkentda mashhur artistlar ishtirokida pnevmoniya, ichketar, anemiya bo’yicha har xil videolar ko’rsatildi. Qo’girchoq tomoshalar tashkil etildi.

USAID va Kaunterpart Konsortium tomonidan amalga oshiriladigan dasturning 40 foizi bolalarda nafas olish yo’llarining shamollashi va pnevmoniya kasalligining oldini olishga, 30 foizi ich ketar kasalliklarining, 20 foizi bolalarni parvarishlash yo’nalishida va 10 foizi ona sutining ahamiyati borasidagi ishlarni amalga oshirishga moljallangan .

Dastur Qoraqalpogistondagi tug’ish yoshidagi 420500 ayolni, besh yoshgacha bo’lgan 154400, bir yoshgacha bo’lgan 31400, tug’ilishi kutilayotgan 32000 bolani o’z doirasiga oladi.

XS
SM
MD
LG