Kanadaning Montreal shahrida joylashgan Makgil Universiteti (McGill University) tadqiqotchilari “Genom Kvebek” (Genome Quebec) innovacion markazi bilan hamkorlikda Klostridium (Clostridium difficile) deb nomlangan bakteriyaning genetik kodini o’qishga muvaffaq bo’ldilar. Shu paytgacha mazkur bakteriya Shimoliy Amerikada va dunyoning boshqa burchaklarida bir necha bor qayd etilgandi. Bakteriya kodi butun dunyoda atigi bir bor olimlar tomonidan muvaffaqiyatli tadqiq etilgan. Tajribani amalga oshirgan Makgil universiteti inson genetikasi boyicha professori Ken Dewar shunday deydi:
- Ushbu taqdiqot eng avvalo o’ziga hosligi bilan biz va boshqa olimlar uchun muhimdir.Genlar ketma-ketligini tajribada o’rganish biz uchun gen tuzimlarining bir-biridan qanchalik farqli ekanini korish imkonini beradi. Bu uz navbatida kasallalikning kelib chiqish asosi va davolash yollarini aniqlab beradi.
Missuri shtatidagi Seynt Luis shahrida joylashgan Vashington Universitetida o’tkazilgan tajribalar klostridium bakteriyaini tezkorlik bilan aniqlash va unga qarshi davo usullarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi. Tajribada bakteriyaning 400 ming dona dio-oksi-ri-bo-nuklein kislotasi parallel ravishda bo’laklarga bo’lindi. So’ngra ushbu bo’laklarning har biri alohida o’rganilib, qayta birlashtirildi. Shu tariqa bakteriyaning oziga hos hususiyatlari alohida aniqlab olindi.
- Bu tadqiqot kasallikni tez aniqlash imkonini beradi. Misol uchun sizda clostridium bakteriyai borligini aniqlash uchun oddiy kasalhonalarda kamida 1-2 kun vaqt ketadi. Genlarni o’qish orqali esa bu bakteriyaning qanchali havfli ekani hususida 45 daqiqa ichida hammasini to’la aniqlash mumkin, deydi Ken Dewar.
Bugungi kunda mazkur bakteriya Kanadaning Kvebek provinsiyasida uchrab turgani mahalliy sogliqni saqlash mutasaddilarini jiddiy tashvishga solmoqda. 2003-2004 yilda bir yarim mingga yaqin kishi kasallangan bolib, ularning 89 nafari vafot etdi. Shu yil mart oyida esa Torontoda bir vaqtning ozida 10 kishi kasallanib, birining hayoti o’lim bilan yakun topdi. O’tgan ikki yil ichida mazkur bakteriya Buyuk Britaniyaning Stouk Mandevil kasalxonasida ham aniqlangan. Shu yilning dekabr oyida “New England Journal of Medicine” nomli tibbiyotshunoslik jurnali klostridiumning parranda tumovi singari jo’g’rofiy jihatdan keng tarqalib ketish xavfi mavjudligini ma`lum qildi. Mazkur bakteriyaning Uzbekistonda keng tarqalib ketish havfi qanchalik degan savolga Texas shtati Dallas shahridagi Texas Universitetida tibbiyotshunoslik fanlari boyida doktorlik dissertasiyasini yozayotgan o’zbekistonlik Hamudulla Bahodirov shunday deydi:
- Ha, hozirgi sharoitda Klostridium difficile’ni O’zbekistonda tarqalishini havfi albatta bor. Klostridium ommalar to’planadigan joylarda, kasalxonalar sharoitida kop uchraydi va iflos qol, tibbiy jihozlar orqali oson tarqaladi. Ma’lumki, shu bakteriyani tarqalishi gigienik ahvol bilan juda yaqin bog’liq. Afsuski, gigiena va tozalikni saqlash hozir O’zbekistonda juda og’ir masala b’olib Clostridiumni tarqalishiga havf tog’diradi.
- Kasallikdan saqlanishning eng oson usuli nima?
-Kasallikni oldini olish nisbatan oson. Eng birinchi va asosiy narsa elementar qo’lni yuvish. Undan keyin esa kasalxonalarda va omma yig’iladigan joylarda sanitariya normalariga rioya qilishdir.
Bakteriyaning to’rt xili bo’lib, ikkitasi asosan parrandalarda uchrasa, qolganlari inson organizmiga xosdir. Murakkab klostridium bakteriyaning eng og’ir turi hisoblanib, ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi. Organizmga ovqat, suv, havo va ochiq yaralar orqali kirib keluvchi bakteriya bir necha haftachaga bemalol yashaydi. U inson tanasi haroratiga moyil. Kasallik odamga bilinmay rivojlanib, to’satdan isitma beradi. Ich ketishi, oshqozon va qorin bo’shlig’ida keskin og’riqlar bilan harakterlanuvchi kasallikni AQShda yiliga uch million kishi boshdan kechiradi.
Genom Kvebek nodavlat, notijorat tashkilot hisoblanadi. Unda genetika, bioinformatika, atrof-muhit va qishloq xojaligi boyicha tadqiqotlar olib boriladi. Markaz genetik tadqiqotlar uchun yiliga jami 300 million dollar sarflaydi