Breaking News

Kanada O'zbekistonni uyg'ur faoli yuzasidan hamkorlikka chaqirmoqda


Kanada federal hukumati barcha diplomatik imkoniyatlarni ishga solib, O’zbekistonda hibsda saqlanayotgan Kanada fuqarosi va uyg’ur musulmon yetakchisi Husayn Jalilni ozod qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Husayn Jalil 1990 yilda siyosiy dissident sifatida Xitoyni tark etib keyinchalik Kanada fuqarosiga aylangan. U qaytib Xitoyga ekstraditsiya qilingan taqdirda, siyosiy faoliyati uchun o’lim jazosiga mahkum etilishi mumkin.

“Biz O’zbekiston hukumatini xalqaro qonunlarga rioya qilgan holda Kanada konsulligi bilan bu borada hamkorlik qilishga chaqiramiz.”, deyiladi hukumat bayonotida.

Mazkur bayonot Husayn Jalilning rafiqasi Komila Kanadaga qaytgach, Xalqaro Amnistiya tashkiloti bilan o’tkazgan matbuot anjumanidan keyin chiqarildi. Inson huquqlari tashkilotlari birgalikda Kanada Bosh vaziri Stiven Xarperga noma yozib, undan Husayn Jalil ishi bilan shaxsan shug’ullanishni so’ragan.

XS
SM
MD
LG