Breaking News

Xitoy uyg'ur va Tibet ozodlik harakatlariga zarba bermoqchi


Xitoy hukumati Tibet va Shinjon uyg’ur muxtoriyatida tinchlikni saqlash, jangarilarga qarshi kuchli chora ko’rish masalasini muhokama qilmoqda.

Bu yil Shinjon muxtoriyatining 60 yilligi nishonlanmoqda. Ma’murlar nazarida jangarilar fursatdan foydalanib hujumga zo’r berishi mumkin. Bu hududlarda Xitoydan mustaqillik talab qilayotgan xalqlar yashaydi.

Shinjon uyg’ur muxtoriyati rahbari Nur Bekri bo’lginchi guruhlarga qarshi qattiq tadbir ko’riladi, degan. Rasmiy Pekin nazarida uyg’urlar mintaqada Sharqiy Turkiston nomi ostida mustaqil davlat qurmoqchi. Xitoy bunga yo’l qo’ymoqchi emas.

Davlat kotibasi Xillary Klintonning yaqinda Xitoyga safarida AQSh-Xitoy aloqalarini mustahkamlash mavzusi ko’tarilgan. Lekin AQSh Davlat departamentining so’nggi hisobotiga ko’ra, Xitoy hukumati Tibet va uyg’ur regionida inson huquqlarini oyoq osti qiliyapti, ularning madaniy talablariga e’tibor bermayapti.

Vashingtonda Uyg’urlar harakati yetakchisi, huquqshunos Olim Seytoff ta’biricha, rasmiy Pekin mana shu millatlar, xususan, uyg’ur xalqining haq-huquqini oyoq osti qilmoqda.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG