Breaking News

Uyg'urlar uchun Albaniyada hayot "zerikarli"


AQShning Guantanamo qamoqxonasidan o’tgan yili Albaniyaga ko’chirilgan besh uyg’ur, qochqinlar lagerida kamtarona hayot kechirmoqda, deb yozadi Nyu-York Taymz (The New York Times) gazetasi.

Amerika harbiylari uyg’urlarni Afg’onistonda qo’lga olib, ekstremizm aybi bilan Guantanamoda 3 yil saqlagan. Aybi isbotlanmagach, ularni qabul qilishga rozilik bergan yagona davlat – Albaniyaga jo’natgan edi.

Yangi vatanda, qochqinlar lagerida, tilsiz va ishsiz hayot zerikarli, deydi sobiq mahbuslar. Oila a’zolari, yaqinlari Xitoyda. Alban tili kurslari to’xtab qolgan. Ularni poytaxt Tiranaga, yaxshiroq uylarga ko’chirish va’dalari bajarilmagan.

Ammo Albaniya – Yevropadagi eng kambag’al davlatlardan biri. Ishsizlik va korrupsiya keng tarqalgan. Albanlarning o’zi ish topib, oyiga 300 dollar topsa, katta gap. Bizga yo’l bo’lsin, deydi uyg’urlar Nyu-York Tayms gazetasi bilan suhbatda.

XS
SM
MD
LG